https://oz.sputniknews.uz/20260928/harbiy-operatsiya-russia-strategiya-60803678.html
Kiselov harbiy operatsiyaning borishi va Rossiya strategiyasi haqida gapirdi
Kiselov harbiy operatsiyaning borishi va Rossiya strategiyasi haqida gapirdi
Sputnik O‘zbekiston
Dmitriy Kiselev Rossiyaning Ukrainadagi harbiy strategiyasi, logistika va data-markazlarga zarbalar, muzokaralar hamda harbiy harakatlardan keyingi vazifalar haqida fikr bildirdi.
2026-09-28T18:33+0500
2026-09-28T18:33+0500
2026-09-28T18:35+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
dmitriy kiselov
ukraina
"rossiya segodnya"
vladimir putin
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1c/60802545_0:283:960:823_1920x0_80_0_0_2b02d08b5561293af0d9fbb0ae588533.jpg
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov Rossiya Ukraina xalqiga emas, Kiyevdagi amaldagi rejimga qarshi kurashayotganini aytdi. Uning fikricha, bunday rejimlar tarixda o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydi, balki tashqi kuch tomonidan tor-mor etilganidan keyingina qulaydi.Bu fikrlarni u Moskvada bo‘lib o‘tgan V “Maxsus harbiy operatsiya va Uchinchi jahon” forsayt-forumida bildirdi.U Germaniya, Yaponiya va Italiyani misol qilib, hozir ham aynan shunday jarayon yuz berayotganini ta’kidladi.Kiselov ruslarni dunyodagi bo‘lingan millatlar orasida eng yiriklaridan biri deb atadi. U hozirgi jarayonning asosiy mazmunini ruslarning qayta birlashishi deb baholadi va odamlar aynan shuning uchun jang qilayotganini aytdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Rossiyaning harbiy strategiyasi aniqroq ko‘rina boshlagan va asosiy zarbalar muhim tarmoqlarga qaratilmoqda. Geografik jihatdan u Qora dengiz yo‘nalishini alohida qayd etdi.U 2000-yilda Ukraina po‘lat eritish bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda bo‘lganini va bu Sovet Ittifoqidan meros bo‘lib qolgan muhim sanoat ustunligi ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sentabr oxiriga kelib Ukrainada po‘lat eritish to‘xtagani haqida xabarlar kelgan. Kiselev buni rejimning jiddiy tizimli mag‘lubiyati va katta zarar deb baholadi.U ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari va logistika infratuzilmasiga ta’sir o‘tkazish ham xuddi shunday tizimli natija berishi mumkinligini aytdi.U, shuningdek, Rossiya qurol tizimlarining zarba berish imkoniyatlari oshganini qayd etib, Vladimir Putin operatsiya yakunlanishi kerakligi haqida gapirganda shunday tizimli yondashuvni ham nazarda tutgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.Kiselov Slavansk va Kramatorsk ustidan nazorat o‘rnatilishi ham mojaroni avtomatik ravishda tugatmasligini aytdi. Uning fikricha, Rossiya “harbiy yechimga” erishishi kerak.Muzokaralar haqida gapirar ekan, u diplomatik muloqot davom etayotganini, biroq AQSh hech kimning oldida hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmayotganini aytdi.Kiselov harbiy harakatlar to‘xtaganidan keyin ham jarayon yakunlanmasligini ta’kidladi. Uning fikricha, keyingi bosqichda “denatsifikatsiya” bo‘yicha uzoq muddatli ishlar olib borilishiga to‘g‘ri keladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260927/ukraine-harbiy-operatsiya-60769665.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1c/60802545_0:280:960:1000_1920x0_80_0_0_2dc6c0dee27d77df89daf635a48fd6cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, dmitriy kiselov, ukraina, "rossiya segodnya", vladimir putin, aqsh, rossiya
dunyo yangiliklari, dunyoda, dmitriy kiselov, ukraina, "rossiya segodnya", vladimir putin, aqsh, rossiya
Kiselov harbiy operatsiyaning borishi va Rossiya strategiyasi haqida gapirdi
18:33 28.09.2026 (yangilandi: 18:35 28.09.2026) Dmitriy Kiselov Rossiyaning Ukrainadagi harbiy strategiyasi, Qora dengiz yo‘nalishi hamda logistika va data-markazlarga zarbalarning ahamiyati haqida gapirdi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov Rossiya Ukraina xalqiga emas, Kiyevdagi amaldagi rejimga qarshi kurashayotganini aytdi. Uning fikricha, bunday rejimlar tarixda o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydi, balki tashqi kuch tomonidan tor-mor etilganidan keyingina qulaydi.
Bu fikrlarni u Moskvada bo‘lib o‘tgan V “Maxsus harbiy operatsiya va Uchinchi jahon” forsayt-forumida bildirdi.
U Germaniya, Yaponiya va Italiyani misol qilib, hozir ham aynan shunday jarayon yuz berayotganini ta’kidladi.
Kiselov ruslarni dunyodagi bo‘lingan millatlar orasida eng yiriklaridan biri deb atadi. U hozirgi jarayonning asosiy mazmunini ruslarning qayta birlashishi deb baholadi va odamlar aynan shuning uchun jang qilayotganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Rossiyaning harbiy strategiyasi aniqroq ko‘rina boshlagan va asosiy zarbalar muhim tarmoqlarga qaratilmoqda. Geografik jihatdan u Qora dengiz yo‘nalishini alohida qayd etdi.
“Biz Qora dengiz qirg‘og‘ini Ukrainadan ajratib oldik. Ya’ni, Odessa hali bizniki emas, lekin endi ularniki ham emas”, — dedi Kiselov.
U 2000-yilda Ukraina po‘lat eritish bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda bo‘lganini va bu Sovet Ittifoqidan meros bo‘lib qolgan muhim sanoat ustunligi ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sentabr oxiriga kelib Ukrainada po‘lat eritish to‘xtagani haqida xabarlar kelgan. Kiselev buni rejimning jiddiy tizimli mag‘lubiyati va katta zarar deb baholadi.
U ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari va logistika infratuzilmasiga ta’sir o‘tkazish ham xuddi shunday tizimli natija berishi mumkinligini aytdi.
“Ilgari biz omborlarni bombardimon qilib yo‘q qilardik. Ammo omborlar infratuzilmaning hosilasidir. Ya’ni u yerga yukni olib kelish kerak, hozir esa olib kelib bo‘lmaydi”, — dedi Kiselov.
U, shuningdek, Rossiya qurol tizimlarining zarba berish imkoniyatlari oshganini qayd etib, Vladimir Putin operatsiya yakunlanishi kerakligi haqida gapirganda shunday tizimli yondashuvni ham nazarda tutgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
Kiselov Slavansk va Kramatorsk ustidan nazorat o‘rnatilishi ham mojaroni avtomatik ravishda tugatmasligini aytdi. Uning fikricha, Rossiya “harbiy yechimga” erishishi kerak.
Muzokaralar haqida gapirar ekan, u diplomatik muloqot davom etayotganini, biroq AQSh hech kimning oldida hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmayotganini aytdi.
Kiselov harbiy harakatlar to‘xtaganidan keyin ham jarayon yakunlanmasligini ta’kidladi. Uning fikricha, keyingi bosqichda “denatsifikatsiya” bo‘yicha uzoq muddatli ishlar olib borilishiga to‘g‘ri keladi.