Pedofillar yillar o‘tsa ham javobgarlikdan qocha olmaydi, ota-onalar mas’uliyati xam kuchayadi

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki UzbekistanZasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa
Zasedanie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2026
Obuna bo‘lish
Qonun loyihasi o‘zgarishsiz qabul qilinsa, bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlarda javobgarlik muddati qo‘llanmaydi, ota-ona va pedagoglar mas’uliyati esa kuchaytiriladi
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Agar loyiha Senat tomonidan ma’qullanib, prezident imzolasa va normalar o‘zgarishsiz qolsa, bolalarga nisbatan jinsiy va boshqa og‘ir jinoyatlar uchun jazolar kuchayadi, jabrlangan bolalarning tergov va suddagi himoyasi kengayadi, ota-ona, pedagog va mas’ul shaxslar javobgarligi oshadi.
Ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq
14 yoshga to‘lmagan bolaning nomusiga tegish yoki unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish uchun uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi.
Bolaning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikka tortish muddati o‘tgani sababli javobgarlikdan, jazoni ijro etish muddati o‘tgani uchun esa jazodan ozod qilinmaydi.
Voyaga yetmaganga qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish og‘irlashtiruvchi holat hisoblanadi.
Bir guruh shaxsning 16 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etishi ham og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanadi.
Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik uchun jazo kuchaytiriladi.
Bolani gumonlanuvchi bilan yuzlashtirish tartibi o‘zgaradi
Zo‘ravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganni so‘roq qilish jarayoni videoyozuvga qayd etiladi.
Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarda jabrlangan bola bilan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchini yuzlashtirish maxsus tartibda o‘tkaziladi.
Agar bolaga nisbatan zo‘ravonlik yaqin shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, tergov va sud jarayonida vasiylik va homiylik organi vakili ishtirok etadi.
Zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi.
Pedagog bolaga zo‘ravonlik qilsa, ishdan bo‘shatilishi mumkin
Bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya qarorlarini bajarmaslik yoki ularning ijrosiga to‘sqinlik qilish uchun javobgarlik belgilanadi.
Bolani tarbiyalash majburiyatini bajarmaslik, shahvoniy shilqimlik qilish va nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish uchun ma’muriy jazolar kuchaytiriladi.
Pedagog ta’lim-tarbiya jarayonida bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etsa, bu ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun huquqiy asos bo‘ladi.
Shuningdek, bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish talablarini buzganlik uchun ham javobgarlik belgilanadi.
Shaxnoza Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2026
Bolaga befarqlik uchun ota-ona va pedagoglar javobgarligi kuchaytirilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0