Bolaga befarqlik uchun ota-ona va pedagoglar javobgarligi kuchaytirilishi mumkin

© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashitiShaxnoza Mirziyoyeva
Shaxnoza Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2026
Obuna bo‘lish
Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini berish ham taklif qilingan.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekistonda bolaga g‘amxo‘rlik qilmagan ota-onalar hamda zo‘ravonlik va kamsitishga yo‘l qo‘ygan pedagoglar javobgarligini kuchaytirish taklif etildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agentlik mas’ul idoralar bilan birgalikda bir necha oy davomida qonunchilikka o‘zgartirishlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqqan. Ular allaqachon ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.
“Biz ota-onalarning bolalarga g‘amxo‘rlik qilmagani uchun, pedagoglarning esa zo‘ravonlik va kamsitish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun javobgarligini kuchaytirishni taklif etmoqdamiz”, — dedi Mirziyoyeva.
Shuningdek, jabrlangan bolalarga tergov va sud jarayonining har bir bosqichida huquqiy yordam va himoya ta’minlash taklif qilinmoqda.
Takliflar orasida bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun jazoni umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha kuchaytirish ham bor.
Pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish tashabbusini prezident Shavkat Mirziyoyev avvalroq qo‘llab-quvvatlagan.
3 martdagi farmonda esa voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun muqaddam sudlangan shaxslarga ayrim holatlarda umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.
Shu yil sentabrda esa ta’lim tashkilotlarida bolaga jismoniy zo‘ravonlik qilish, uni kamsitish yoki xo‘rlash uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi.
Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2026
Saida Mirziyoyeva Namangandagi fojiadan so‘ng o‘lim jazosi haqida fikr bildirdi
Yangiliklar lentasi
0