Zelenskiy maxfiy ma’lumotni oshkor qildi: Janubiy Koreya yolg‘onda aybladi va uzr talab qildi

© AP PhotoPrezident Yujnoy Korei Li Chje Mon. Arxivnoe foto
Prezident Yujnoy Korei Li Chje Mon. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2026
Obuna bo‘lish
Seul Kiyev KXDRning ikki asir harbiysini Janubiy Koreyaga topshirish bo‘yicha maxfiylik kelishuvi bo‘lmagani haqida yolg‘on bayonot berganini bildirdi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati Ukraina tomonini KXDRning ikki asir harbiysini Seulga topshirish bo‘yicha maxfiylik kelishuvi bo‘lmagani haqida yolg‘on bayonot berganlikda aybladi. Seul Kiyevdan rasmiy izoh va uzr talab qildi.
Janubiy Koreya tomoniga ko‘ra, ikki davlat asirlarni Seulga topshirish masalasini turli kanallar orqali muhokama qilgan va bu jarayonni oshkor qilmaslikka kelishgan.
Seulning ta’kidlashicha, ma’lumotni maxfiy saqlash tashabbusi Ukraina tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Bunga KXDR harbiylarini ukrainalik asirlarga almashtirish imkoniyatidan foydalanilmagani Ukraina ichida tanqid va mojaroga sabab bo‘lishi mumkinligi ham sabablardan biri bo‘lgan.
Biroq Vladimir Zelenskiy 23-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida KXDRning ikki harbiy xizmatchisi Ukraina tomonidan Janubiy Koreyaga topshirilganini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Mon Ukraina maxfiylik bo‘yicha kelishuvni buzganini bildirdi.
"Ukraina tomoni maxfiylik kelishuvini buzib, bu ma’lumotni oshkor qildi. Buning sabablarini bilmayman, ammo bundan afsusdaman", — dedi Li Chje Mon.
Keyin Ukraina prezidentining kommunikatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Dmitriy Litvin ijtimoiy tarmoqdagi izohida Kiyev va Seul o‘rtasida ma’lumotni oshkor qilmaslik bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganini bildirdi.
Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati esa bu bayonotni rad etdi. Prezidentning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha katta kotibi Son Gi Xon Ukraina avval ma’lumotni bir tomonlama oshkor qilgani, keyin esa maxfiylik bo‘yicha kelishuv bo‘lganini inkor etganini ta’kidladi.
"Prezident ma’muriyati Ukrainaning ma’lumotni bir tomonlama oshkor qilishi va keyinchalik maxfiylik kelishuvi bo‘lmagani haqidagi yolg‘on bayonotidan qattiq afsusda", — dedi u.
Seul Ukraina tomonining pozitsiyasi ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazishini bildirdi va Kiyevdan rasmiy tushuntirish hamda uzr so‘rashni talab qildi.
Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati, zarurat tug‘ilsa, Ukrainaga nisbatan "qo‘shimcha choralar" ko‘rish masalasi ham ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Eks press-sekretar prezidenta Ukraini Yuliya Mendel (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Mendel Zelenskiyni yolg‘on va’dalar va hokimiyatda qolish uchun urushdan foydalanishda aybladi
Yangiliklar lentasi
0