https://oz.sputniknews.uz/20260802/zelenskyy-urush-foydalanish-59442865.html
Mendel Zelenskiyni yolg‘on va’dalar va hokimiyatda qolish uchun urushdan foydalanishda aybladi
Mendel Zelenskiyni yolg‘on va’dalar va hokimiyatda qolish uchun urushdan foydalanishda aybladi
Sputnik O‘zbekiston
Yuliya Mendel Zelenskiyni har bir amalga oshmagan va’dadan keyin yangi shart va muddatlarni ilgari surishda tanqid qildi. U 2023-yilgi g‘alaba va’dasi hamda 2024-yilgi "g‘alaba rejasi"ni misol keltirdi.
2026-08-02T18:21+0500
2026-08-02T18:21+0500
2026-08-02T18:21+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
nato
vladimir zelenskiy
emmanuel makron
korrupsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0e/56900837_0:62:600:400_1920x0_80_0_0_668b06c54a599811f583d0a629674d6a.jpg
TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Vladimir Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel Ukraina rahbarini jamoatchilik kutilmalarini boshqarish, urushni tugatish muddatlarini muntazam kechiktirish va hokimiyatni o‘z qo‘lida jamlashda aybladi.Mendel X ijtimoiy tarmog‘ida Zelenskiy har yili bir xil usuldan foydalanishini yozdi: avval dadil va’da beriladi, u amalga oshmagach yangi shartlar ilgari suriladi, muddat kechiktiriladi va jamiyatga yana "umid" taklif qilinadi.U Zelenskiyning 2023-yilni g‘alaba yili sifatida ko‘rsatgani, 2024-yil kuzida esa "g‘alaba rejasi" urushni 2025-yildan kechiktirmay tugatish imkonini berishi mumkinligini aytganini eslatdi.Fransiyaning Journal du Dimanche nashriga bergan intervyusida u Zelenskiyning noprofessionalligi prezidentlikning dastlabki yillaridayoq ko‘ringanini aytdi. Mendelning da’vosicha, uning Jo Bayden ma’muriyati, amerikalik diplomatlar va Angela Merkel bilan munosabatlari murakkab bo‘lgan.Sobiq matbuot kotibi Zelenskiyni "Ukrainaning asosiy muammosi" va urushning "asosiy benefitsiari" deb atadi. Uning fikricha, harbiy holat sabab saylovlar o‘tkazilmayotgani Zelenskiyning hokimiyatda qolishiga xizmat qilmoqda.Mendel, shuningdek, Ukraina rahbariyatiga yaqin kompaniyalar Yevropa Ittifoqi ajratayotgan mablag‘lardan foyda ko‘rayotganini da’vo qildi.U Yevropa rahbarlari, jumladan, Emmanuel Makron uchun ham Zelenskiy haqidagi avvalgi tasavvurlar noto‘g‘ri bo‘lganini tan olish qiyinligini aytdi. Chunki bunday e’tirof Ukrainaga milliardlab yevro ajratishga rozi bo‘lgan siyosatchilarning obro‘siga ta’sir qilishi mumkin.Mendelning bahosicha, Zelenskiyni Ukrainada hali ham qo‘llab-quvvatlayotganlarning bir qismi davlat tizimida ishlaydi yoki amaldagi tuzumdan manfaat ko‘radi. U Ukrainada avtoritar boshqaruv kuchayganini aytib, harbiy komissariatlar faoliyati va majburiy safarbarlik holatlarini misol qildi.Sobiq matbuot kotibi korrupsiya mavzusiga ham to‘xtaldi. U Zelenskiyning yaqinlari turli korrupsiya ishlarida tilga olinayotgan bir paytda prezident ulardan bexabar bo‘lishiga ishonish qiyinligini ta’kidladi.Mendel "Mindich plonkalari"ni misol qildi. "Ukrainskaya pravda" e’lon qilgan materiallarda tadbirkor Timur Mindich va sobiq mudofaa vaziri Rustem Umerovning Fire Point kompaniyasi ulushini ehtimoliy sotish va uni moliyalashtirishni muhokama qilgani aytilgan.Fire Point esa yozuvlarning haqiqiyligi rasman tasdiqlanmaganini bildirib, materiallarni kompaniyani obro‘sizlantirishga urinish deb atagan va Milliy korrupsiyaga qarshi burodan ularni tekshirishni so‘ragan.Mendelning fikricha, Zelenskiy atrofidagi mojarolarga ikki xil izoh bo‘lishi mumkin: prezident yoki haqiqatan ham atrofida sodir bo‘layotgan ishlardan bexabar, yoki o‘zini hech narsa bilmaydigandek ko‘rsatmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260512/zelenskyy-donbas-berish-rozilik-intervyu-57503967.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0e/56900837_34:0:567:400_1920x0_80_0_0_ec1bcd4138851cec56898f23dc260eb9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, nato, vladimir zelenskiy, emmanuel makron , korrupsiya
dunyo yangiliklari, dunyoda, nato, vladimir zelenskiy, emmanuel makron , korrupsiya
Mendel Zelenskiyni yolg‘on va’dalar va hokimiyatda qolish uchun urushdan foydalanishda aybladi
Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi uni g‘alaba va’dalarini yangilab, urushni tugatish muddatlarini doim kechiktirishda aybladi
TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Vladimir Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel Ukraina rahbarini jamoatchilik kutilmalarini boshqarish, urushni tugatish muddatlarini muntazam kechiktirish va hokimiyatni o‘z qo‘lida jamlashda aybladi.
Mendel X ijtimoiy tarmog‘ida Zelenskiy har yili bir xil usuldan foydalanishini
yozdi: avval dadil va’da beriladi, u amalga oshmagach yangi shartlar ilgari suriladi, muddat kechiktiriladi va jamiyatga yana "umid" taklif qilinadi.
U Zelenskiyning 2023-yilni g‘alaba yili sifatida ko‘rsatgani, 2024-yil kuzida esa "g‘alaba rejasi" urushni 2025-yildan kechiktirmay tugatish imkonini berishi mumkinligini aytganini eslatdi.
"Hozir 2026-yil avgust oyi, urush esa davom etmoqda", — deya xulosa qildi Mendel.
Fransiyaning Journal du Dimanche nashriga bergan intervyusida u Zelenskiyning noprofessionalligi prezidentlikning dastlabki yillaridayoq ko‘ringanini aytdi. Mendelning da’vosicha, uning Jo Bayden ma’muriyati, amerikalik diplomatlar va Angela Merkel bilan munosabatlari murakkab bo‘lgan.
Sobiq matbuot kotibi Zelenskiyni "Ukrainaning asosiy muammosi" va urushning "asosiy benefitsiari" deb atadi. Uning fikricha, harbiy holat sabab saylovlar o‘tkazilmayotgani Zelenskiyning hokimiyatda qolishiga xizmat qilmoqda.
Mendel, shuningdek, Ukraina rahbariyatiga yaqin kompaniyalar Yevropa Ittifoqi ajratayotgan mablag‘lardan foyda ko‘rayotganini da’vo qildi.
U Yevropa rahbarlari, jumladan, Emmanuel Makron uchun ham Zelenskiy haqidagi avvalgi tasavvurlar noto‘g‘ri bo‘lganini tan olish qiyinligini aytdi. Chunki bunday e’tirof Ukrainaga milliardlab yevro ajratishga rozi bo‘lgan siyosatchilarning obro‘siga ta’sir qilishi mumkin.
Mendelning bahosicha, Zelenskiyni Ukrainada hali ham qo‘llab-quvvatlayotganlarning bir qismi davlat tizimida ishlaydi yoki amaldagi tuzumdan manfaat ko‘radi. U Ukrainada avtoritar boshqaruv kuchayganini aytib, harbiy komissariatlar faoliyati va majburiy safarbarlik holatlarini misol qildi.
"Zelenskiy odamlarning davlatga ishonchini yo‘q qildi. Davlat mamlakatni tark etganlarni, fuqarolar esa davlatni ayblayapti — bu o‘zaro xiyonatdir", — dedi u.
Sobiq matbuot kotibi korrupsiya mavzusiga ham to‘xtaldi. U Zelenskiyning yaqinlari turli korrupsiya ishlarida tilga olinayotgan bir paytda prezident ulardan bexabar bo‘lishiga ishonish qiyinligini ta’kidladi.
Mendel "Mindich plonkalari"ni misol qildi. "Ukrainskaya pravda" e’lon qilgan materiallarda tadbirkor Timur Mindich va sobiq mudofaa vaziri Rustem Umerovning Fire Point kompaniyasi ulushini ehtimoliy sotish va uni moliyalashtirishni muhokama qilgani aytilgan.
Nashr Mindich kompaniya benefitsiarlaridan biri bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.
Fire Point esa yozuvlarning haqiqiyligi rasman tasdiqlanmaganini bildirib, materiallarni kompaniyani obro‘sizlantirishga urinish deb atagan va Milliy korrupsiyaga qarshi burodan ularni tekshirishni so‘ragan.
Mendelning fikricha, Zelenskiy atrofidagi mojarolarga ikki xil izoh bo‘lishi mumkin: prezident yoki haqiqatan ham atrofida sodir bo‘layotgan ishlardan bexabar, yoki o‘zini hech narsa bilmaydigandek ko‘rsatmoqda.