https://oz.sputniknews.uz/20260928/uzbekistan-un-kongress-mezbon-60800704.html
Saida Mirziyoyeva: O‘zbekiston BMTning jinoyatchilik bo‘yicha kongressiga mezbonlik qiladi
Saida Mirziyoyeva: O‘zbekiston BMTning jinoyatchilik bo‘yicha kongressiga mezbonlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2031-yilda BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 16-kongressiga mezbonlik qiladi. Abu-Dabidagi anjumanda 119 mamlakat vakillari qatnashmoqda.
2026-09-28T16:33+0500
2026-09-28T16:33+0500
2026-09-28T16:33+0500
saida mirziyoyeva
prezident administratsiyasi
baa
bmt
jinoyatchilik
sun’iy intellekt
deklaratsiya
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1c/60800534_0:267:2560:1707_1920x0_80_0_0_9fdf45afee69283f2092a21ee6b22440.jpg
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston 2031-yilda BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 16-kongressiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.Uning aytishicha, Abu-Dabida o‘tayotgan 15-kongress ishtirokchilari navbatdagi anjumanni O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan va bu yakuniy deklaratsiyada o‘z aksini topgan.BMT ma’lumotiga ko‘ra, 15-kongress 26-sentabrdan 1-oktabrgacha Abu-Dabida o‘tkazilmoqda. Unda 119 ta mamlakatdan 5,1 mingdan ortiq vakil, jumladan, 40 nafardan ziyod adliya vaziri va boshqa yuqori martabali rasmiylar ishtirok etmoqda.Kongressda transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotrafik, korrupsiya, ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, bolalarni himoya qilish va qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.Anjuman ochilishida Abu-Dabi deklaratsiyasi konsensus asosida qabul qilindi. Kongress doirasida Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan ham uchrashdi. Juma 2026-yil may oyidan buyon mazkur tuzilmaga rahbarlik qilmoqda.Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik hamda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260924/saida-mirziyoeva-un-nutq-60700954.html
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1c/60800534_112:0:2388:1707_1920x0_80_0_0_f7e75b5341a5f922bb1f3070151a4922.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saida mirziyoyeva, prezident administratsiyasi, baa, bmt, jinoyatchilik, sun’iy intellekt, deklaratsiya, siyosat
saida mirziyoyeva, prezident administratsiyasi, baa, bmt, jinoyatchilik, sun’iy intellekt, deklaratsiya, siyosat
Saida Mirziyoyeva: O‘zbekiston BMTning jinoyatchilik bo‘yicha kongressiga mezbonlik qiladi
2031 yilda O‘zbekiston BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 16-kongressiga mezbonlik qiladi. Tashabbus ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston 2031-yilda BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 16-kongressiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva
ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Abu-Dabida o‘tayotgan 15-kongress ishtirokchilari navbatdagi anjumanni O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan va bu yakuniy deklaratsiyada o‘z aksini topgan.
“Oldinda besh yillik tayyorgarlik davri turibdi. 2031-yilda mamlakatimiz butun dunyodan keladigan delegatlarga mezbonlik qiladi”, — deya ta’kidladi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, 15-kongress 26-sentabrdan 1-oktabrgacha Abu-Dabida o‘tkazilmoqda. Unda 119 ta mamlakatdan 5,1 mingdan ortiq vakil, jumladan, 40 nafardan ziyod adliya vaziri va boshqa yuqori martabali rasmiylar ishtirok etmoqda.
Kongressda transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotrafik, korrupsiya, ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, bolalarni himoya qilish va qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Anjuman ochilishida Abu-Dabi deklaratsiyasi konsensus asosida qabul qilindi.
Hujjat kiberjinoyatchilik va firibgarlikdan tortib raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellektdan jinoiy maqsadlarda foydalanishgacha bo‘lgan yangi tahdidlarga qarshi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Kongress doirasida Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Monika Juma bilan ham uchrashdi. Juma 2026-yil may oyidan buyon mazkur tuzilmaga rahbarlik qilmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik hamda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.