Saida Mirziyoyevaning BMTdagi nutqi: O‘zbekiston qanday tashabbuslarni ilgari surdi

© Telegram kanal S.MirziyoyevoyVistuplenie glavi Administratsii prezidenta Uzbekistana Saidi Mirziyeyevoy na sessii Genassamblei OON
Vistuplenie glavi Administratsii prezidenta Uzbekistana Saidi Mirziyeyevoy na sessii Genassamblei OON
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2026
Obuna bo‘lish
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasi minbaridan O‘zbekistonning global masalalar bo‘yicha pozitsiyasi, BMT islohoti va mamlakatdagi asosiy natijalarni bayon qildi.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasining umumiy munozaralarida O‘zbekiston nomidan nutq so‘zladi.
Mirziyoyeva O‘zbekiston BMTni isloh qilish, jumladan, Xavfsizlik Kengashi tarkibini zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Shuningdek, mamlakat 2027-yilda Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilishi va 2035–2036 yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga nomzodini ilgari surayotganini ma’lum qildi.
Markaziy Osiyo haqida gapirar ekan, u chegara, suv va boshqa masalalardagi ziddiyatlar o‘rnini hamkorlik egallayotganini ta’kidladi. Afg‘onistonni faqat tahdid manbai sifatida ko‘rmaslik va mamlakat aholisini xalqaro hamjamiyat e’tiboridan chetda qoldirmaslikka chaqirdi.
Yaqin kunlarda O‘zbekiston BMT Aholishunoslik jamg‘armasi bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha yuqori darajadagi muloqot o‘tkazadi. Oktabrda Samarqandda bolalar farovonligi va salomatligiga bag‘ishlangan xalqaro tadbir tashkil etiladi.
Orol dengizi masalasiga to‘xtalib, Mirziyoyeva qurigan dengiz tubida yashil hududlar yaratilayotgani, suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinayotgani va 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilganini aytdi.
Shuningdek, Toshkent xalqaro moliya markazida ingliz huquqi prinsiplariga asoslangan alohida xalqaro tijorat sudi tashkil etilayotgani ma’lum qilindi.
Mirziyoyeva O‘zbekistonda bolalar mehnati va tizimli majburiy mehnatga barham berilgani, parlament a’zolarining 39 foizini xotin-qizlar tashkil etayotganini qayd etdi.
Sun’iy intellekt bo‘yicha u raqamli transformatsiya inson huquqlari, xavfsizlik va teng imkoniyatlar bilan uyg‘un bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Genassambleya OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2026
BMT Bosh Assambleyasi haftaligi boshlanmoqda: uning roli, tarixi va O‘zbekiston tashabbuslari
Yangiliklar lentasi
0