O‘zbekistonda yana 18 ta chiqindi poligoni yopiladi — 29 ta yangi stansiya ochiladi

© Komitet po ekologii i izmeneniyu klimataDim ot pojara na Axangaranskom poligone dostig Tashkenta
Dim ot pojara na Axangaranskom poligone dostig Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2026
Obuna bo‘lish
2026 yilda O‘zbekistonda 29 ta chiqindi qayta yuklash stansiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu yana 18 ta poligon faoliyatini tugatish imkonini beradi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yilda 29 ta yangi chiqindi qayta yuklash stansiyasini tashkil etish rejalashtirilgan. Ular ishga tushishi natijasida umumiy maydoni 80,35 gektar bo‘lgan yana 18 ta chiqindi poligoni faoliyatini tugatish ko‘zda tutilgan.
Bu choralar mamlakatda maishiy chiqindi poligonlari sonini bosqichma-bosqich kamaytirish rejasining bir qismi hisoblanadi. Prezidentning 16-fevraldagi farmoniga muvofiq, 2030-yilgacha ular sonini kamida 50 foizga qisqartirish belgilangan.
Hozir respublikada 200 ta qattiq maishiy chiqindi poligoni mavjud. Ularning umumiy maydoni 1,649 ming gektarni tashkil etadi.
Joriy yilning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 10 ta viloyatdagi yana 18 ta poligonda rekultivatsiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ularda chiqindilar tartibga keltirilib, tuproq bilan yopiladi va hudud qayta tiklanadi.
Ayni paytgacha Namangan viloyatining Chortoq va Yangiqo‘rg‘on, Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanlaridagi jami to‘rtta poligonda ishlar yakunlangan. Ularning faoliyati to‘xtatilgan.
2024–2025 yillarda esa 50 ta poligonda jami 255,34 gektar maydon rekultivatsiya qilingan.
Keyingi bosqichda 2027-yilda 11 ta, 2028-yilda 9 ta va 2029-yilda yana 8 ta poligon hududini rekultivatsiya qilish rejalashtirilgan.
Poligon Yadrovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2025
O‘zbekistonda 2024–2025 yillarda 47 ta maishiy chiqindi poligoni yopildi
Yangiliklar lentasi
0