Yoqubboyev durang o‘ynadi — O‘zbekiston Olimpiada g‘alabasiga yana bir qadam yaqinlashdi

© UzChessNodirbek Yakubboyev zavershil vnichyu partiyu protiv Igorya Samunenkova
Nodirbek Yakubboyev zavershil vnichyu partiyu protiv Igorya Samunenkova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2026
Obuna bo‘lish
Nodirbek Yoqubboyev hal qiluvchi O‘zbekiston — Ukraina bahsida Igor Samunenkov bilan durang o‘ynadi. O‘zbekiston terma jamoasi shaxmat Olimpiadasidagi tarixiy g‘alabaga yana bir qadam yaqinlashdi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Nodirbek Yoqubboyev Samarqandda o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining so‘nggi, 11-turida ukrainalik grossmeyster Igor Samunenkov bilan durang o‘ynadi.
Yoqubboyev uchinchi taxtada dona surdi. Uning partiyasida tomonlar ochkoni bo‘lib olishdi.
So‘nggi tur oldidan O‘zbekiston birinchi terma jamoasi 18 match ochkosi bilan yakka peshqadam edi. Eng yaqin ta’qibchi Hindiston 17 ochkoga ega bo‘lib, hal qiluvchi turda Vengriyaga qarshi o‘ynamoqda.
Shu tariqa, Yakubboyevning durangi O‘zbekistonni shaxmat Olimpiadasidagi tarixiy g‘alabaga yana bir qadam yaqinlashtirdi.
O‘zbekiston — Ukraina uchrashuvining qolgan partiyalari davom etmoqda.
Budapesht uchun revansh: O‘zbekiston shaxmatchilari Xitoy ustidan g‘alaba haqida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2026
Budapesht uchun revansh: Sindarov, Abdusattorov va Yoqubboyev Xitoy jamoasi bilan o‘yin haqida
Yangiliklar lentasi
0