https://oz.sputniknews.uz/20260927/trump-iran-taklif-rad-60775436.html
Tramp Eronning urushni to‘xtatish va Ho‘rmuzni ochish taklifini rad etdi
Tramp Eronning urushni to‘xtatish va Ho‘rmuzni ochish taklifini rad etdi
Sputnik O‘zbekiston
Eron AQShga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yetti kun ichida ochish va mintaqadagi janglarni to‘xtatish rejasini taklif qildi. Donald Tramp uni rad etdi, Tehron esa diplomatik yechimga chaqirmoqda.
2026-09-27T15:31+0500
2026-09-27T15:31+0500
2026-09-28T10:25+0500
ho‘rmuz bo‘g‘ozi
aqsh – eron mojarosi
dunyo yangiliklari
donald tramp
neft
iqtisod
dunyoda
eron
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60775273_0:0:1080:608_1920x0_80_0_0_8dcb6dcf83fab930e31b2cf64f145162.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish va mintaqadagi janglarni to‘xtatish bo‘yicha taklifini rad etganini bildirdi, deb xabar bermoqda "Reuters".Eron tashabbusni Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi doirasida ilgari surgan va uni Qatar vositachiligida AQSh tomoniga yetkazgan.Shu vaqt ichida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish va mintaqadagi janglarni to‘xtatish rejalashtirilgan. Keyin tomonlar o‘zaro kelishilgan boshqa masalalar bo‘yicha kengroq muzokaralarga o‘tishi mumkin.Tehron avvalroq bo‘g‘ozni qayta ochishni AQShning Eronga nisbatan harbiy bosimini kamaytirishi va Eron portlariga qo‘yilgan blokadani bekor qilishi bilan bog‘lagan edi.Tramp esa Eron taklifini qabul qilmaganini aytib, Tehron Ho‘rmuzni iqtisodiy qiyinchiliklar sabab tezroq ochishga harakat qilayotganini bildirdi.Shunga qaramay, 27-sentabr kuni Eron muzokaralardan voz kechmaganini ma’lum qildi. Aroqchining aytishicha, Tehronga AQShning taklifni rad etgani haqida vositachilar orqali hali rasmiy javob kelmagan.Eron TIV rahbari muammodan chiqishning yagona yo‘li muzokara qilingan kelishuv ekanini ta’kidladi.Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat jahon iqtisodiyoti uchun ham muhim. Yetti oydan beri davom etayotgan mojaro ushbu muhim dengiz yo‘li orqali neft tashish hajmini keskin kamaytirdi va global savdoga ta’sir ko‘rsatdi.Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ham Tehron yadro dasturi va boshqa masalalar bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini, biroq bosim va majburlashni qabul qilmasligini bildirgan. Eron rasmiylari uranni boyitish huquqidan voz kechmasligini ham ta’kidlamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260926/tramp-eronga-qarshi-yangi-zarbalar-berishni-korib-chiqmoqda-60753876.html
ho‘rmuz bo‘g‘ozi
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60775273_135:0:946:608_1920x0_80_0_0_e15a9fb5dfe86ccbc1978d52ff2cbee7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ho‘rmuz bo‘g‘ozi, aqsh – eron mojarosi, dunyo yangiliklari, donald tramp, neft, iqtisod, dunyoda, eron, aqsh
ho‘rmuz bo‘g‘ozi, aqsh – eron mojarosi, dunyo yangiliklari, donald tramp, neft, iqtisod, dunyoda, eron, aqsh
Tramp Eronning urushni to‘xtatish va Ho‘rmuzni ochish taklifini rad etdi
15:31 27.09.2026 (yangilandi: 10:25 28.09.2026) Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yetti kun ichida qayta ochish va mintaqadagi janglarni to‘xtatish bo‘yicha AQShga taklif berdi. Donald Tramp rejani rad etganini bildirdi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish va mintaqadagi janglarni to‘xtatish bo‘yicha taklifini rad etganini bildirdi, deb
xabar bermoqda "Reuters".
Eron tashabbusni Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi doirasida ilgari surgan va uni Qatar vositachiligida AQSh tomoniga yetkazgan.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining so‘zlariga ko‘ra, AQSh taklifga rozi bo‘lsa, yetti kunlik muddat boshlanadi.
Shu vaqt ichida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish va mintaqadagi janglarni to‘xtatish rejalashtirilgan. Keyin tomonlar o‘zaro kelishilgan boshqa masalalar bo‘yicha kengroq muzokaralarga o‘tishi mumkin.
Tehron avvalroq bo‘g‘ozni qayta ochishni AQShning Eronga nisbatan harbiy bosimini kamaytirishi va Eron portlariga qo‘yilgan blokadani bekor qilishi bilan bog‘lagan edi.
Tramp esa Eron taklifini qabul qilmaganini aytib, Tehron Ho‘rmuzni iqtisodiy qiyinchiliklar sabab tezroq ochishga harakat qilayotganini bildirdi.
Shunga qaramay, 27-sentabr kuni Eron muzokaralardan voz kechmaganini ma’lum qildi. Aroqchining aytishicha, Tehronga AQShning taklifni rad etgani haqida vositachilar orqali hali rasmiy javob kelmagan.
"Bizning shartlarimiz aniq. Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha har qanday qadam ushbu shartlarning bajarilishiga bog‘liq", — dedi u.
Eron TIV rahbari muammodan chiqishning yagona yo‘li muzokara qilingan kelishuv ekanini ta’kidladi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat jahon iqtisodiyoti uchun ham muhim. Yetti oydan beri davom etayotgan mojaro ushbu muhim dengiz yo‘li orqali neft tashish hajmini keskin kamaytirdi va global savdoga ta’sir ko‘rsatdi.
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ham Tehron yadro dasturi va boshqa masalalar bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini, biroq bosim va majburlashni qabul qilmasligini bildirgan. Eron rasmiylari uranni boyitish huquqidan voz kechmasligini ham ta’kidlamoqda.