https://oz.sputniknews.uz/20260926/tramp-eronga-qarshi-yangi-zarbalar-berishni-korib-chiqmoqda-60753876.html
Tramp Eronga qarshi yangi zarbalar berishni ko‘rib chiqmoqda — OAV
Tramp Eronga qarshi yangi zarbalar berishni ko‘rib chiqmoqda — OAV
Sputnik O‘zbekiston
Trampning pozitsiyasiga noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan oraliq kongress saylovlari natijalari ta’sir qilishi mumkin. 26.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-26T11:42+0500
2026-09-26T11:42+0500
2026-09-28T11:18+0500
aqsh
donald tramp
eron
ho‘rmuz bo‘g‘ozi
tehron
vashington
dunyoda
aqsh – eron mojarosi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0c/51185246_0:4:2535:1430_1920x0_80_0_0_6f98769e6585079cfd62ab4580a3253c.jpg
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish rejasiga shubha bilan qaraydi va Kongressdagi oraliq saylovlardan so‘ng islom respublikasiga qarshi zarbalarni qayta boshlash variantini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi "Wall Street Journal" gazetasi.Nashr manbalariga ko‘ra, AQSh rahbari hali yakuniy qaror qabul qilmagan, uning pozitsiyasiga noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Kongressga oraliq saylovlar natijalari ta’sir qilishi mumkin. Bunda ehtimoliy zarbalar ko‘lami oshkor etilmayapti.Juma kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron vositachilar orqali Vashingtonga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha yetti kunlik rejani taqdim etganini ma’lum qildi.Iyun oyi o‘rtalarida tomonlar tinchlik jarayonini boshlash uchun memorandum imzolagan edi. Biroq oradan uch hafta o‘tgach, eskalatsiyaning yangi bosqichi boshlanib, zarbalar qayta boshlandi.Mintaqadagi mojaro avj olishidan oldin, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi xalqaro energiya savdosining asosiy yo‘nalishlaridan biri edi. U orqali dunyodagi neft va suyultirilgan tabiiy gaz ta’minotining beshdan bir qismi o‘tdi. Hozirda mavjud keskinlik tufayli undan foydalanayotgan tankerlar va gaz tashuvchi kemalar soni kamaydi.
eron
ho‘rmuz bo‘g‘ozi
tehron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0c/51185246_42:0:2306:1698_1920x0_80_0_0_5d170558cfc744d60b6b1bd2744e9723.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, donald tramp, eron, ho‘rmuz bo‘g‘ozi, tehron, vashington, dunyoda, aqsh – eron mojarosi
aqsh, donald tramp, eron, ho‘rmuz bo‘g‘ozi, tehron, vashington, dunyoda, aqsh – eron mojarosi
Tramp Eronga qarshi yangi zarbalar berishni ko‘rib chiqmoqda — OAV
11:42 26.09.2026 (yangilandi: 11:18 28.09.2026) Trampning pozitsiyasiga noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan oraliq kongress saylovlari natijalari ta’sir qilishi mumkin.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish rejasiga shubha bilan qaraydi va Kongressdagi oraliq saylovlardan so‘ng islom respublikasiga qarshi zarbalarni qayta boshlash variantini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi "Wall Street Journal" gazetasi.
"Tramp shaxsiy suhbatlarida Eron uning talablarini bajarishiga shubha qiladi va o‘z xodimlariga bombardimonlar qayta boshlanishi mumkinligini aytgan", - deyiladi nashrda.
Nashr manbalariga ko‘ra, AQSh rahbari hali yakuniy qaror qabul qilmagan, uning pozitsiyasiga noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Kongressga oraliq saylovlar natijalari ta’sir qilishi mumkin. Bunda ehtimoliy zarbalar ko‘lami oshkor etilmayapti.
Juma kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron vositachilar orqali Vashingtonga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha yetti kunlik rejani taqdim etganini ma’lum qildi.
Iyun oyi o‘rtalarida tomonlar tinchlik jarayonini boshlash uchun memorandum imzolagan edi. Biroq oradan uch hafta o‘tgach, eskalatsiyaning yangi bosqichi boshlanib, zarbalar qayta boshlandi.
Mintaqadagi mojaro avj olishidan oldin, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi xalqaro energiya savdosining asosiy yo‘nalishlaridan biri edi. U orqali dunyodagi neft va suyultirilgan tabiiy gaz ta’minotining beshdan bir qismi o‘tdi. Hozirda mavjud keskinlik tufayli undan foydalanayotgan tankerlar va gaz tashuvchi kemalar soni kamaydi.