https://oz.sputniknews.uz/20260927/madaminov-galaba-shaxmat-olimpiada-60775797.html
O‘zbekiston — shaxmat Olimpiadasi chempioni! Madaminov g‘alaba qozondi, Sindarov durang o‘ynadi
O‘zbekiston — shaxmat Olimpiadasi chempioni! Madaminov g‘alaba qozondi, Sindarov durang o‘ynadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Samarqanddagi Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioni bo‘ldi. Muhiddin Madaminov Ukraina vakilini mag‘lub etdi, Javohir Sindarov durang o‘ynab, jamoaga chempionlik uchun zarur natijani ta’minladi.
2026-09-27T15:57+0500
2026-09-27T15:57+0500
2026-09-27T20:45+0500
shaxmat
butunjahon shaxmat olimpiadasi
o‘zbekiston
sport
samarqand
javohir sindarov
nodirbek abdusattorov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60779960_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_ccdf9b6331b21b6caa93453a1e53b011.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioni bo‘ldi.Hal qiluvchi 11-turda Muhiddin Madaminov ukrainalik Roman Dextarovni mag‘lub etib, O‘zbekistonga muhim ochko keltirdi.Bundan avval Nodirbek Yoqubboyev Igor Samunenkov bilan durang o‘ynagan edi. Madaminovning g‘alabasidan so‘ng O‘zbekiston Ukrainaga qarshi bahsda 1,5:0,5 hisobida oldinga chiqdi.Bu natija chempionlik uchun yetarli bo‘ldi. Chunki O‘zbekistonning asosiy ta’qibchisi Hindiston so‘nggi turda Vengriya bilan durang o‘ynab, musobaqani 18 match ochkosi bilan yakunladi. O‘zbekiston esa Ukrainaga qarshi kamida durang natijasi bilan 19 ochkoga ega bo‘ladi va birinchi o‘rinni boshqa jamoalar natijasidan qat’i nazar egallaydi.Nodirbek Abdusattorov xam Igor Kovalenko bilan durang o‘ynadi. Shu tariqa, O‘zbekiston — Ukraina uchrashuvi 2,5:1,5 hisobida yakunlandi.Bu O‘zbekistonning Butunjahon shaxmat Olimpiadasidagi ikkinchi chempionligi bo‘ldi. Terma jamoa ilk bor 2022-yilda Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260927/yoqubboev-durang-olimpiada-60774294.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60779960_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_905238a111aae61b3d7cb7a370d23312.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, o‘zbekiston, sport, samarqand, javohir sindarov, nodirbek abdusattorov
shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, o‘zbekiston, sport, samarqand, javohir sindarov, nodirbek abdusattorov
O‘zbekiston — shaxmat Olimpiadasi chempioni! Madaminov g‘alaba qozondi, Sindarov durang o‘ynadi
15:57 27.09.2026 (yangilandi: 20:45 27.09.2026) Terma jamoa Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioni bo‘ldi. Madaminovning g‘alabasi jamoani oldinga olib chiqdi, Sindarovning durangi esa chempionlik uchun zarur natijani ta’minladi
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioni bo‘ldi.
Hal qiluvchi 11-turda Muhiddin Madaminov ukrainalik Roman Dextarovni mag‘lub etib, O‘zbekistonga muhim ochko keltirdi.
Bundan avval Nodirbek Yoqubboyev Igor Samunenkov bilan durang o‘ynagan edi. Madaminovning g‘alabasidan so‘ng O‘zbekiston Ukrainaga qarshi bahsda 1,5:0,5 hisobida oldinga chiqdi.
Keyin Javohir Sindarov Vasiliy Ivanchuk bilan durang o‘ynadi.
Bu natija chempionlik uchun yetarli bo‘ldi. Chunki O‘zbekistonning asosiy ta’qibchisi Hindiston so‘nggi turda Vengriya bilan durang o‘ynab, musobaqani 18 match ochkosi bilan yakunladi. O‘zbekiston esa Ukrainaga qarshi kamida durang natijasi bilan 19 ochkoga ega bo‘ladi va birinchi o‘rinni boshqa jamoalar natijasidan qat’i nazar egallaydi.
Nodirbek Abdusattorov xam Igor Kovalenko bilan durang o‘ynadi. Shu tariqa, O‘zbekiston — Ukraina uchrashuvi 2,5:1,5 hisobida yakunlandi.
Bu O‘zbekistonning Butunjahon shaxmat Olimpiadasidagi ikkinchi chempionligi bo‘ldi. Terma jamoa ilk bor 2022-yilda Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.