https://oz.sputniknews.uz/20260927/kazakhstan-caspian-sea-fojia-tekshiruv-60771922.html
Qozog‘istonda Kaspiydagi fojia ortidan tekshiruvlar boshlandi — mudofaa vaziri ishdan olindi
Qozog‘istonda Kaspiydagi fojia ortidan tekshiruvlar boshlandi — mudofaa vaziri ishdan olindi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda Kaspiyda 14 harbiy halok bo‘lgan voqeadan keyin Mudofaa vazirligida kompleks tekshiruv va audit boshlandi. Mudofaa vaziri Dauren Kosanov lavozimidan ozod qilindi, uning o‘rniga Aydos Mirzaxmetov tayinlandi.
2026-09-27T12:56+0500
2026-09-27T12:56+0500
2026-09-28T11:04+0500
qozog‘iston
qasim-jomart toqayev
surishtiruv
dunyoda
yadrosiz dunyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60771755_2:0:1920:1079_1920x0_80_0_0_b777bd44ef36bca37aa9430dad7638b3.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Qozog‘istonda Kaspiy dengizida 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan fojia ortidan Mudofaa vazirligida bir nechta tekshiruv boshlandi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.Shu kuni Aydos Mirzaxmetov Qozog‘istonning yangi mudofaa vaziri etib tayinlandi. U bunga qadar Qurolli kuchlarning Maxsus operatsiyalar kuchlariga qo‘mondonlik qilgan.Bundan tashqari, Qozog‘iston Oliy auditorlik palatasi Mudofaa vazirligida davlat auditini boshladi. Tekshiruvda budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi va harbiy qismlarning moddiy-texnik ta’minoti o‘rganiladi.Fojia bo‘yicha jinoyat ishi ham tergov qilinmoqda. Qozog‘iston IIV ma’lumotiga ko‘ra, xizmatga sovuqqonlik bilan qarash va kemani boshqarish qoidalarini buzish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Kaspiy dengizida nima bo‘lgan?24 sentabr kuni Mangistau viloyatida Harbiy-dengiz kuchlari mashg‘uloti paytida o‘quv-jangovar vazifani bajarayotgan harbiy xizmatchilar kuchli shamol va ob-havoning keskin yomonlashishi oqibatida Kaspiy dengiziga oqizib ketilgan.Mudofaa vazirligining yakuniy ma’lumotiga ko‘ra, dengizga tushib ketgan 17 harbiyning uch nafari qutqarilgan, 14 nafari halok bo‘lgan. 25-sentabr kuni so‘nggi ikki harbiyning jasadi topilgach, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260926/qozogistonda-kaspiy-dengizida-halok-bolgan-harbiylar-dafn-etildi-60761217.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1b/60771755_241:0:1680:1079_1920x0_80_0_0_47be711e638d72b4b7f8452639253c67.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston, qasim-jomart toqayev, surishtiruv, dunyoda, yadrosiz dunyo
qozog‘iston, qasim-jomart toqayev, surishtiruv, dunyoda, yadrosiz dunyo
Qozog‘istonda Kaspiydagi fojia ortidan tekshiruvlar boshlandi — mudofaa vaziri ishdan olindi
12:56 27.09.2026 (yangilandi: 11:04 28.09.2026) Qozog‘istonda Kaspiy dengizida 14 harbiy halok bo‘lgan fojiadan keyin Mudofaa vazirligida kompleks tekshiruv va davlat auditi boshlandi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Qozog‘istonda Kaspiy dengizida 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan fojia ortidan Mudofaa vazirligida bir nechta tekshiruv boshlandi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati
xabar berdi.
Shu kuni Aydos Mirzaxmetov Qozog‘istonning yangi mudofaa vaziri etib tayinlandi. U bunga qadar Qurolli kuchlarning Maxsus operatsiyalar kuchlariga qo‘mondonlik qilgan.
Fojiadan keyin prezident Mudofaa vazirligidagi vaziyatni kompleks tekshirish uchun maxsus komissiya
tuzdi. Dastlabki natijalar yetti kun ichida prezidentga taqdim etilishi kerak.
Bundan tashqari, Qozog‘iston Oliy auditorlik palatasi Mudofaa vazirligida davlat auditini boshladi. Tekshiruvda budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi va harbiy qismlarning moddiy-texnik ta’minoti o‘rganiladi.
Fojia bo‘yicha jinoyat ishi ham tergov qilinmoqda. Qozog‘iston IIV ma’lumotiga ko‘ra, xizmatga sovuqqonlik bilan qarash va kemani boshqarish qoidalarini buzish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.
Mudofaa vazirligining besh nafar mansabdori, jumladan Harbiy-dengiz kuchlari bosh shtabi boshlig‘i — bosh qo‘mondonning birinchi o‘rinbosari, ikki harbiy qism komandiri, dengiz piyodalari rotasi hamda kater komandiri gumonlanuvchi sifatida ushlangan.
Kaspiy dengizida nima bo‘lgan?
24 sentabr kuni Mangistau viloyatida Harbiy-dengiz kuchlari mashg‘uloti paytida o‘quv-jangovar vazifani bajarayotgan harbiy xizmatchilar kuchli shamol va ob-havoning keskin yomonlashishi oqibatida Kaspiy dengiziga oqizib ketilgan.
Mudofaa vazirligining yakuniy ma’lumotiga ko‘ra, dengizga tushib ketgan 17 harbiyning uch nafari qutqarilgan, 14 nafari halok bo‘lgan. 25-sentabr kuni so‘nggi ikki harbiyning jasadi topilgach, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlangan.