https://oz.sputniknews.uz/20260926/qozogistonda-kaspiy-dengizida-halok-bolgan-harbiylar-dafn-etildi-60761217.html
Qozog‘istonda Kaspiy dengizida halok bo‘lgan harbiylar dafn etildi
Qozog‘istonda Kaspiy dengizida halok bo‘lgan harbiylar dafn etildi
Sputnik O‘zbekiston
Kaspiy dengizida 24-sentabr kuni sodir bo‘lgan fojia oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi qutqarildi. 26.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-26T16:50+0500
2026-09-26T16:50+0500
2026-09-26T16:51+0500
qozog‘iston
harbiy
dafn marosimi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1a/60760914_0:113:1200:788_1920x0_80_0_0_345a70e1c5abd54476bb539083d8ab42.png
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Mang‘istov viloyatida Kaspiy dengizida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar dafn etildi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.Vidolashuv marosimida Mudofaa vaziri Dauren Kosanov, Mang‘istov viloyati hokimi Nurdaulet Qiliboy, Qozog‘iston Oliy muftiysi Nauryzbay qozi Tag‘anuli, shuningdek, Qurultoy deputatlari va harbiy xizmatdoshlari ishtirok etdi.Avvalroq Mang‘istov viloyati hokimligi tomonidan halok bo‘lgan va jabrlangan harbiy xizmatchilarning oilalari uchun mablag‘ yig‘iladigan maxsus jamg‘arma tashkil etilgan edi."Barcha jamg‘arilgan mablag‘lar halok bo‘lganlarning oilalariga va jabrlanganlarga to‘liq manzillilik va shaffoflik tamoyillari asosida, davlat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qat’iy nazorati ostida yo‘naltiriladi", - deya ta’kidladi hokimlik.G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida ham harbiy xizmatchilarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Nariman Turegaliyev, prokuratura vakillari, hamkasblari, jamoat faollari va mahalliy aholi vakillari ular bilan xayrlashish uchun kelishdi.Marosim ishtirokchilari halok bo‘lgan askarlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdilar. Vatan himoyachilari xotirasiga Qur’on tilovat qilindi. Eslatib o‘tamiz, 24-sentabr kuni Kaspiy dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish vaqtida ob-havo keskin yomonlashuvi oqibatida 17 harbiy kemadan suvga tushib ketadi. Keyinchalik ulardan 3 nafari qutqarib qolinadi, 14 nafari halok bo‘ladi. Ushbu hola yuzasida Qozog‘iston prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib 5 nafar harbiy amaldor hibsga olingan.
https://oz.sputniknews.uz/20260925/kaspiy-fojia-mirziyoev-hamdardlik-60733240.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1a/60760914_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_b1c5e6a3309acd8db1854ad72a34791e.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston, harbiy, dafn marosimi
qozog‘iston, harbiy, dafn marosimi
Qozog‘istonda Kaspiy dengizida halok bo‘lgan harbiylar dafn etildi
16:50 26.09.2026 (yangilandi: 16:51 26.09.2026) Kaspiy dengizida 24-sentabr kuni sodir bo‘lgan fojia oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi qutqarildi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Mang‘istov viloyatida Kaspiy dengizida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar dafn etildi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.
Vidolashuv marosimida Mudofaa vaziri Dauren Kosanov, Mang‘istov viloyati hokimi Nurdaulet Qiliboy, Qozog‘iston Oliy muftiysi Nauryzbay qozi Tag‘anuli, shuningdek, Qurultoy deputatlari va harbiy xizmatdoshlari ishtirok etdi.
"Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, harbiy xizmatchilarning oilalariga barcha zarur har tomonlama yordam, jumladan, davlat ijtimoiy to‘lovlari, moddiy ko‘mak va xotira tadbirlarini tashkil etishda to‘liq ko‘mak ko‘rsatilmoqda", - deyiladi hokimlik xabarida.
Avvalroq Mang‘istov viloyati hokimligi tomonidan halok bo‘lgan va jabrlangan harbiy xizmatchilarning oilalari uchun mablag‘ yig‘iladigan maxsus jamg‘arma tashkil etilgan edi.
"Barcha jamg‘arilgan mablag‘lar halok bo‘lganlarning oilalariga va jabrlanganlarga to‘liq manzillilik va shaffoflik tamoyillari asosida, davlat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qat’iy nazorati ostida yo‘naltiriladi", - deya ta’kidladi hokimlik.
G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida ham harbiy xizmatchilarning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Nariman Turegaliyev, prokuratura vakillari, hamkasblari, jamoat faollari va mahalliy aholi vakillari ular bilan xayrlashish uchun kelishdi.
Marosim ishtirokchilari halok bo‘lgan askarlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdilar. Vatan himoyachilari xotirasiga Qur’on tilovat qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 24-sentabr kuni Kaspiy dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish vaqtida ob-havo keskin yomonlashuvi oqibatida 17 harbiy kemadan suvga tushib ketadi. Keyinchalik ulardan 3 nafari qutqarib qolinadi, 14 nafari halok bo‘ladi. Ushbu hola yuzasida Qozog‘iston prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib 5 nafar harbiy amaldor hibsga olingan.