AQSh va Xitoyning SI raqobati: O‘zbekiston elchisi “qizil chiziqlar”ga qarshi chiqdi

© REUTERS / Dado RuvicUzbekistan xochet prisoyedinitsya k amerikanskoy initsiative Pax Silica
Uzbekistan xochet prisoyedinitsya k amerikanskoy initsiative Pax Silica - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent Xitoyning SI tashkilotiga qo‘shilganidan bir oy o‘tib, AQShning Pax Silica tashabbusiga kirish uchun rasman murojaat qildi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston sun’iy intellekt sohasida AQSh va Xitoydan birini tanlashni istamayapti, deb yozmoqda South China Morning Post.
Nashr Toshkent Xitoy tomonidan tuzilgan Jahon sun’iy intellekt hamkorlik tashkiloti — WAICOga qo‘shilganidan bir oy o‘tib, AQShning Pax Silica tashabbusiga kirish uchun rasman murojaat qilganiga e’tibor qaratdi.
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqovning aytishicha, Toshkent o‘tgan hafta bu haqda AQSh Davlat departamentiga yozma murojaat yuborgan.
“Endi AQSh buni tasdiqlashi kerak. Biz imzolashga tayyormiz”, — dedi Siddiqov.
Elchining fikricha, mamlakatlarda xalqaro hamkorlikning turli shakllarida ishtirok etish imkoniyati bo‘lishi kerak. Bu borada “qizil chiziqlar” belgilash esa teskari natija berishi mumkin.
AQSh Davlat departamenti SCMPga yopiq diplomatik muzokaralarni sharhlamasligini bildirdi. Shu bilan birga, idora Pax Silica tashabbusiga qiziqish ortib borayotganini olqishladi.
Pax Silica — AQShning sun’iy intellekt modellari, yarimo‘tkazgichlar va muhim minerallar ta’minot zanjirlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbusi. WAICO esa Xitoy tomonidan ilgari surilgan muqobil xalqaro tuzilmadir.
Avvalroq Reuters AQSh Davlat departamenti hamkor mamlakatlardan Amerika va Xitoy tashabbuslaridan birini tanlashni talab qiluvchi maktub loyihasini tayyorlagani haqida xabar bergan edi.
Biroq hujjat hali yuborilmagan va uning matni o‘zgarishi mumkin.
Prezident Administratsiyasi departamenti rahbari Bobur Xo‘jayev ham 24-avgust kuni Toshkentda o‘tkazilgan "Silk Road Finance & Technology Forum"da O‘zbekiston har ikki mamlakat texnologiyalaridan foydalanishni istashini aytgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh kompaniyalari ilg‘or SI chiplari va modellarini, Xitoy esa nisbatan arzon ochiq kodli modellarni taklif qilmoqda. Rivojlanayotgan davlat sifatida O‘zbekiston har ikki yo‘nalishdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishni istaydi.
Seremoniya podpisaniya soglasheniya ob uchrejdenii Vsemirnoy organizatsii po sotrudnichestvu v II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2026
O‘zbekiston sun’iy intellekt bo‘yicha yangi tashkilot ta’sischilari qatoriga qo‘shildi
Yangiliklar lentasi
0