Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Kiyevdagi Starlink axborot markaziga zarba berdi

© Sos.setiKiyevda Kosmonova biznes sentrida yong‘in
Kiyevda Kosmonova biznes sentrida yong‘in - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2026
Obuna bo‘lish
Kiyev va Odessada Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlariga xizmat qilgan obyektlar yo‘q qilindi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari o‘tgan tunda Kiyev va Odessadagi nishonlarga uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar va dronlar bilan zarba berdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Nishonga olinga obyektlar orasida quyidagilar bor:
Kiyev shahrida Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlari yo‘lida mobil internet ishlashini ta’minlaydigan va "Starlink" sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydigan "Kosmonova" ma’lumotlarni qayta ishlash markazi;
Odessada Vilkovo aholi punktidagi port punkti. Ushbu port orqali Ukrainaga Yevropa davlatlaridan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar keltirilar edi;
Mayaki aholi punktidagi avtomobil ko‘prigi. Ushbu ko‘prik Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga harbiy yuklarni tashish uchun foydalanilgan;
Odessa viloyatida Ukraina Qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun harbiy yuklarni saqlashni amalga oshirgan "Novaya pochta" logistika markazlari.
Qora dengiz akvatoriyasida harbiy yuklarni tashiyotgan "quruq yuk tashuvchi" tipidagi dengiz kemasi ham shikastlangan.
Shuningdek, Rossiya Havo hujumidan mudofaa kuchlari o‘tgan oqshom davomida Astraxan, Belgorod, Bransk, Voronej, Kaluga, Kursk, Orlov, Rostov, Razan, tula viloyatlari, Moskva viloyati, Krasnodar o‘lkasi, Stavropol o‘lkasi hududlarida, Qrim yarim oroli va Azov dengizi ustida Ukrainaning 645 ta samolyot turidagi uchuvchisiz apparatlarini yo‘q qildi.
Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina Rossiyaning bir necha hududlariga hujum qildi — qurbonlar bor
Yangiliklar lentasi
0