https://oz.sputniknews.uz/20260926/ukraina-rossiyaning-bir-necha-hududlariga-hujum-qildi-60754068.html
Ukraina Rossiyaning bir necha hududlariga hujum qildi — qurbonlar bor
Ukraina Rossiyaning bir necha hududlariga hujum qildi — qurbonlar bor
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina dronlari Kuban, Ulyanovsk va Rostov viloyatlarida bir necha obyektlarga shikast yetkazdi, qurbon va jarohatlanganlar bor. 26.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-26T11:18+0500
2026-09-26T11:18+0500
2026-09-26T11:18+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
hujum
fuqarolik
rostov-na-donu
rossiya mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1a/60754831_0:175:2802:1751_1920x0_80_0_0_9e35617871e47e9459ca31621b6ad65a.jpg
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘tgan bir sutka davomida Ukraina Rossiyaning bir necha hududlariga hujum qildi. Hujumlar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar va yaralanganlar bor. Juma kuni Ulyanovsk shahri ham uchuvchisiz apparatlar hujumiga uchradi, jabrlanganlar soni 15 nafarga yetdi. "Ulyanovskdagi fuqarolik obektlariga dushman uchuvchisiz uchar apparatlari hujumi oqibatida jabrlanganlarni borib ko‘rdim. 15 kishi jarohatlangan, shifokorlarimiz erta tongdan barcha zarur tibbiy yordamni ko‘rsatishmoqda", - deb yozdi viloyat gubernatori Aleksey Russkix. To‘rt nafar fuqaro parcha-parcha jarohatlar, lat yeyish va sinishlar bilan shifoxonaga yotqizildi, ularning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda baholanmoqda. Yana 11 nafar fuqaroga ambulator yordam ko‘rsatildi, ularning jarohatlari tozalandi va bintlar qo‘yildi.Rostov viloyatida uchuvchisiz uchar apparatlar hujumi oqibatida besh kishi jarohatlandi. Taganrogda bir kishi, Azovda to‘rt kishi jabrlandi, ular orasida bir nafar bola ham bor.Azovda ko‘p qavatli uylar, xususiy uylar, sanoat obyektlari, maktab, madaniyat saroyi va avtomobillar, Rostov-Donda esa bir nechta mashina shikastlangan.Ukrainaning Rossiya hududlariga qilinayotgan hujumlariga javoban Rossiya Qurolli kuchlari UQK va NATO mutaxassislari foydalanayotgan qaror qabul qilish markazlari, aloqa va axborot markazlari, sanoat korxonalari, omborxonalar hamda logistika infratuzilmasiga zarba bermoqda. Rossiya Ukraina hududidagi istalgan nishonni yo‘q qilishga qodir bo‘lgan uzof masofali aniq nishonga oluvchi qurollar va zarba beruvchi dronlardan foydalanmoqda.
ukraina
rostov-na-donu
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1a/60754831_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_1d87ad5f39cc53d7e15ab406348cc0a0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, hujum, fuqarolik, rostov-na-donu , rossiya mudofaa vazirligi
rossiya, ukraina, hujum, fuqarolik, rostov-na-donu , rossiya mudofaa vazirligi
Ukraina Rossiyaning bir necha hududlariga hujum qildi — qurbonlar bor
Ukraina dronlari Kuban, Ulyanovsk va Rostov viloyatlarida bir necha obyektlarga shikast yetkazdi, qurbon va jarohatlanganlar bor.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘tgan bir sutka davomida Ukraina Rossiyaning bir necha hududlariga hujum qildi. Hujumlar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar va yaralanganlar bor.
Xususan, Kubanning Severskiy tumanida uchuvchisiz apparatlar hujumi oqibatida turar joy binosi shikastlandi, ikkita korxonada yong‘in chiqdi. Afsuski, halok bo‘lganlar bor. Bir nafar jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi gubernator Veniamin Kondratev.
Juma kuni Ulyanovsk shahri ham uchuvchisiz apparatlar hujumiga uchradi, jabrlanganlar soni 15 nafarga yetdi.
"Ulyanovskdagi fuqarolik obektlariga dushman uchuvchisiz uchar apparatlari hujumi oqibatida jabrlanganlarni borib ko‘rdim. 15 kishi jarohatlangan, shifokorlarimiz erta tongdan barcha zarur tibbiy yordamni ko‘rsatishmoqda", - deb yozdi viloyat gubernatori Aleksey Russkix.
To‘rt nafar fuqaro parcha-parcha jarohatlar, lat yeyish va sinishlar bilan shifoxonaga yotqizildi, ularning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda baholanmoqda. Yana 11 nafar fuqaroga ambulator yordam ko‘rsatildi, ularning jarohatlari tozalandi va bintlar qo‘yildi.
Rostov viloyatida uchuvchisiz uchar apparatlar hujumi oqibatida besh kishi jarohatlandi. Taganrogda bir kishi, Azovda to‘rt kishi jabrlandi, ular orasida bir nafar bola ham bor.
Azovda ko‘p qavatli uylar, xususiy uylar, sanoat obyektlari, maktab, madaniyat saroyi va avtomobillar, Rostov-Donda esa bir nechta mashina shikastlangan.
Ukrainaning Rossiya hududlariga qilinayotgan hujumlariga javoban Rossiya Qurolli kuchlari UQK va NATO mutaxassislari foydalanayotgan qaror qabul qilish markazlari, aloqa va axborot markazlari, sanoat korxonalari, omborxonalar hamda logistika infratuzilmasiga zarba bermoqda. Rossiya Ukraina hududidagi istalgan nishonni yo‘q qilishga qodir bo‘lgan uzof masofali aniq nishonga oluvchi qurollar va zarba beruvchi dronlardan foydalanmoqda.