https://oz.sputniknews.uz/20260925/kaspiy-fojia-mirziyoev-hamdardlik-60733240.html
Kaspiydagi fojia: Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga hamdardlik yo‘lladi
Kaspiydagi fojia: Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga hamdardlik yo‘lladi
Sputnik O‘zbekiston
Kaspiy dengizi hududida mashg‘ulotlar paytida 14 nafar qozog‘istonlik harbiy xizmatchi qurbon bo‘ldi. 25.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-25T13:15+0500
2026-09-25T13:15+0500
2026-09-25T13:15+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
qasim-jomart toqayev
o‘zbekiston
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/19/60733076_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_df96653a8c91e1d39a47bdf2c8beeca4.jpg
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi hududida mashg‘ulotlar paytida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qozog‘iston xalqiga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.“Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik tiladi”, - deyilgan xabarda.24 sentabr kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida Kaspiy dengizi sohilida harbiy-dengiz kuchlari mashqlari paytida ob-havoning keskin yomonlashishi va kuchli shamol tufayli 17 harbiy xizmatchi ochiq dengizga cho‘kib ketdi. Ulardan 14 nafari halok bo‘ldi. Tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida uch kishi qutqarildi.Qozog‘iston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tezkor-tergov guruhi tuzildi.Kaspiy dengizidagi fojia sabab mamlakatda umummilliy motam e’lon qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260925/kaspiy-fojia-60728015.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/19/60733076_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_8d4b4c6c60b8d7a8a8135463025ce625.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, qasim-jomart toqayev, o‘zbekiston, qozog‘iston
siyosat, shavkat mirziyoyev, qasim-jomart toqayev, o‘zbekiston, qozog‘iston
Kaspiydagi fojia: Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga hamdardlik yo‘lladi
Kaspiy dengizi hududida mashg‘ulotlar paytida 14 nafar qozog‘istonlik harbiy xizmatchi qurbon bo‘ldi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi hududida mashg‘ulotlar paytida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qozog‘iston xalqiga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov
xabar berdi. “Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik tiladi”, - deyilgan xabarda.
24 sentabr kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida Kaspiy dengizi sohilida harbiy-dengiz kuchlari mashqlari paytida ob-havoning keskin yomonlashishi va kuchli shamol tufayli 17 harbiy xizmatchi ochiq dengizga cho‘kib ketdi. Ulardan 14 nafari halok bo‘ldi. Tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida uch kishi qutqarildi.
Qozog‘iston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tezkor-tergov guruhi tuzildi.
Kaspiy dengizidagi fojia sabab mamlakatda umummilliy motam e’lon qilindi.