Sirdaryo viloyatidagi yangi qurilgan IESda avariyaviy o‘chish sodir bo‘ldi

LEP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2026
Obuna bo‘lish
Bu respublikaning ayrim hududlarida elektr ta’minotining vaqtincha uzilishiga olib keldi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Sirdaryo viloyatida joylashgan va EDF kompaniyasiga tegishli yangi issiqlik elektr stansiyasida (IES) 1600 MVt quvvat avariyaviy tarzda o‘chdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa bugun, 25-sentabr kuni, soat 05:05 da sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, stansiya yangi qurilgan bo‘lib, ayni vaqtda unda sinov-sozlash ishlari olib borilmoqda.
Stansiyadagi avariyaviy o‘chish natijasida avariyaga qarshi avtomatika ishga tushgan. Bu respublikaning ayrim hududlarida elektr ta’minotining vaqtincha uzilishiga olib kelgan.
Ta’kidlanishicha, uzilishlar asosan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suv nasoslari va maishiy iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatgan.
Elektr ta’minotini tiklash uchun energiya saqlash tizimlari hamda elektr stansiyalaridagi zaxira quvvatlar ishga tushirilgan. Iste’molchilar bosqichma-bosqich tarmoqqa qayta ulanib, barchasining elektr ta’minoti tiklangan.
Qozog‘istonning elektr tarmoqlarini boshqaruvchi KEGOC kompaniyasining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston energetika tizimida generatsiya o‘chirilishi sababli Markaziy Osiyo energetika tizimi tomonidan quvvat oqimi yuzaga kelgan. Bu Shimol-Janub tranzitining ajralishiga olib kelgan.
Qozog‘iston energetika tizimida iste’molchilar uchun cheklovlar hajmi 962 MVtni tashkil etgan. Hozirda barcha cheklovlar bekor qilingan.
Energetika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2026
Mozori Sharif O‘zbekiston elektr tarmog‘iga ulandi — OAV
Yangiliklar lentasi
0