https://oz.sputniknews.uz/20260831/afghanistan-uzbekistan-elektr-tarmoq-ulanish-60102506.html
Mozori Sharif O‘zbekiston elektr tarmog‘iga ulandi — OAV
Mozori Sharif O‘zbekiston elektr tarmog‘iga ulandi — OAV
Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston hududidagi texnik nosozlik Afg‘onistonning yettita viloyatini elektrsiz qoldirdi. O‘zbekiston Mozori Sharifni o‘z tarmog‘iga vaqtincha ulab, muhim obyektlarga elektr uzata boshladi.
2026-08-31T18:21+0500
2026-08-31T18:21+0500
2026-09-01T08:57+0500
elektr energiyasi
afg‘oniston
turkmaniston
yordam
o‘zbekiston
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/07/45065457_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_7e0182678a2ed087fff991f12cb26961.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Afg‘onistonning Mozori Sharif shahri vaqtincha va cheklangan tarzda O‘zbekiston elektr tarmog‘iga ulandi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayangan holda "Shafaqna Afghanistan" xabar berdi.Afg‘onistonning davlat elektr kompaniyasi — "Da Afghanistan Breshna Sherkat" (DABS) ma’lumotiga ko‘ra, Turkmaniston hududidagi texnik nosozlik sabab import elektr energiyasi uzatilishi to‘xtagan. Natijada Afg‘onistonning yettita viloyatida elektr ta’minoti izdan chiqqan.Ta’kidlanishicha, Mozori Sharif elektr tarmog‘i vaqtincha va cheklangan tarzda O‘zbekiston elektr tizimiga ulangan. Dastlab quvvat Ibn Sino shifoxonasi, muhim davlat idoralari va boshqa strategik obyektlarga yo‘naltirilgan.Afg‘oniston elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 75–80 foizini O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Erondan import hisobiga qoplaydi. O‘zbekiston mamlakatning asosiy elektr yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lib, tomonlar 2026-yil uchun ham alohida eksport shartnomasini imzolagan.Shuningdek, O‘zbekiston Afg‘onistonda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar qurish, mavjud infratuzilmani yangilash hamda mamlakat energetika tizimini rivojlantirishning 15-yillik dasturini tayyorlashda ishtirok etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251118/uzbekistan-afghanistan-elektr-etkazish-53554982.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/07/45065457_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_c194c07eb88ad03faa5331ec8ed1eebb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
elektr energiyasi, afg‘oniston, turkmaniston, yordam, o‘zbekiston, dunyoda, dunyo yangiliklari
elektr energiyasi, afg‘oniston, turkmaniston, yordam, o‘zbekiston, dunyoda, dunyo yangiliklari
Mozori Sharif O‘zbekiston elektr tarmog‘iga ulandi — OAV
18:21 31.08.2026 (yangilandi: 08:57 01.09.2026) Bunga Turkmanistondan import qilinadigan elektr uzilib, Afg‘onistonning yettita viloyatida ta’minot izdan chiqqani sabab bo‘ldi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Afg‘onistonning Mozori Sharif shahri vaqtincha va cheklangan tarzda O‘zbekiston elektr tarmog‘iga ulandi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayangan holda "Shafaqna Afghanistan"
xabar berdi.
Afg‘onistonning davlat elektr kompaniyasi — "Da Afghanistan Breshna Sherkat" (DABS)
ma’lumotiga ko‘ra, Turkmaniston hududidagi texnik nosozlik sabab import elektr energiyasi uzatilishi to‘xtagan. Natijada Afg‘onistonning yettita viloyatida elektr ta’minoti izdan chiqqan.
Kompaniya muammoni vaqtincha hal qilish uchun O‘zbekiston bilan muzokara va muvofiqlashtirish ishlari olib borilganini bildirdi. O‘zbekiston tomoni zarar ko‘rgan hududlarni muqobil elektr bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatishga rozi bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Mozori Sharif elektr tarmog‘i vaqtincha va cheklangan tarzda O‘zbekiston elektr tizimiga ulangan. Dastlab quvvat Ibn Sino shifoxonasi, muhim davlat idoralari va boshqa strategik obyektlarga yo‘naltirilgan.
Afg‘oniston elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 75–80 foizini O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Erondan import hisobiga qoplaydi. O‘zbekiston mamlakatning asosiy elektr yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lib, tomonlar 2026-yil uchun ham alohida eksport shartnomasini imzolagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Afg‘onistonda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar qurish, mavjud infratuzilmani yangilash hamda mamlakat energetika tizimini rivojlantirishning 15-yillik dasturini tayyorlashda ishtirok etmoqda.