Toshkentda “Rossiya ta’limi. Toshkent — 2026” ko‘rgazmasi boshlandi
Toshkentda “Rossiya ta’limi. Toshkent — 2026” ko‘rgazmasi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi maktab o‘quvchilari va abituriyentlar bu savollarga bevosita universitet vakillaridan javob olishlari mumkin. Poytaxtda oltinchi marta o‘tkazilayotgan “Rossiya ta’limi — 2026” xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.
Maktabdan keyin qayerga o‘qishga kirish mumkin — Moskva, Qozon, Sankt-Peterburg yoki Rossiyaning boshqa shahridagi oliygohgami? Bugun Toshkentdagi maktab o‘quvchilari va abituriyentlar bu savollarga bevosita universitet vakillaridan javob olishlari mumkin. Poytaxtda oltinchi marta o‘tkazilayotgan “Rossiya ta’limi — 2026” xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.Bu yil bir maydonda Rossiyaning 40 tadan ortiq oliy ta’lim muassasalari, jumladan, ko‘rgazmada ilk bor ishtirok etayotgan yettita universitet vakillari yig‘ildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil abituriyentlarda nafaqat an’anaviy yo‘nalishlarga, balki rejissura, aktorlik mahorati, balet va kino kabi ijodiy mutaxassisliklarga ham qiziqish sezilmoqda.Ko‘rgazma tashkilotchisi - Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi. Tadbir Rossiya elchixonasi, O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Rossiyaning 40 tadan ortiq oliy ta’lim muassasalari o‘zbekistonlik yoshlarni o‘z dasturlari bilan tanishtirmoqda.
Maktabdan keyin qayerga o‘qishga kirish mumkin — Moskva, Qozon, Sankt-Peterburg yoki Rossiyaning boshqa shahridagi oliygohgami? Bugun Toshkentdagi maktab o‘quvchilari va abituriyentlar bu savollarga bevosita universitet vakillaridan javob olishlari mumkin. Poytaxtda oltinchi marta o‘tkazilayotgan “Rossiya ta’limi — 2026” xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.
Bu yil bir maydonda Rossiyaning 40 tadan ortiq oliy ta’lim muassasalari, jumladan, ko‘rgazmada ilk bor ishtirok etayotgan yettita universitet vakillari yig‘ildi.
“Ushbu ko‘rgazmaga Rossiyaning yangi universitetlaridan vakillar tashrif buyurganidan juda mamnunmiz”, — dedi O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil abituriyentlarda nafaqat an’anaviy yo‘nalishlarga, balki rejissura, aktorlik mahorati, balet va kino kabi ijodiy mutaxassisliklarga ham qiziqish sezilmoqda.
“Bular artistlar ham, rejissorlar ham, balet ham, kino sanoati ham, VGIK va GITIS hamdir”, — dedi Staroselskaya.
Ko‘rgazma tashkilotchisi - Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi. Tadbir Rossiya elchixonasi, O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.