Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Rossiyada o‘qish: kvotalar, OTMlar va o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun yangi imkoniyatlar

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekistonlik abituriyentlar uchun Rossiya oliygohlarida federal budjet hisobidan 810 ta o‘rin ajratilgan. Toshkentdagi ta’lim ko‘rgazmasida 40 tadan ortiq OTM o‘z dasturlarini taqdim etadi.
Sputnik O‘zbekiston xalqaro matbuot markazida Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya ishtirokida "Rossiya ta’limi. Toshkent — 2026" xalqaro ta’lim ko‘rgazma-yarmarkasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma 25–26 sentabr kunlari MGIMOning Toshkentdagi filialida o‘tkaziladi. Unda Rossiyaning 40 tadan ortiq oliy ta’lim muassasasi ishtirok etib, abituriyentlarga o‘z ta’lim dasturlari va qabul imkoniyatlarini taqdim etadi.
N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti ham ko‘rgazmada ilk bor o‘z ta’lim dasturlarini taqdim etadi. Universitetning Toshkent filiali joriy yilda ish boshlagan bo‘lib, u "Baumanka"ning Rossiyadan tashqaridagi yagona filiali hisoblanadi.
Oliygohlar vakillari abituriyentlarga mutaxassisliklar, qabul shartlari, kampus va yotoqxonalar, yashash sharoitlari hamda o‘qishdan keyingi imkoniyatlar haqida bevosita ma’lumot beradi. Ko‘rgazmaga ota-onalari bilan birga 4–5 ming nafar abituriyent tashrif buyurishi kutilmoqda.
Matbuot anjumanida kvota asosida o‘qish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yilda O‘zbekiston uchun Rossiya federal budjeti mablag‘lari hisobidan 810 ta o‘rin ajratilgan.
Staroselskayaning ta’kidlashicha, kvota asosida Rossiyada o‘qigan bitiruvchi ta’limni yakunlagach u yerda qolishi shart emas. Dastur yosh mutaxassislarga olingan bilim va tajribani O‘zbekistonda qo‘llash imkonini ham beradi.
Hozirda o‘zbekistonlik abituriyentlar orasida gumanitar yo‘nalishlarga talab yuqori. Keyingi o‘rinlarda iqtisodiyot, AT, muhandislik va tabiiy fanlar, pedagogika, tibbiyot hamda agrar mutaxassisliklar turadi.

Shuningdek, Namangan va Nukusda "IT-navigator" loyihasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Loyiha maktab o‘quvchilariga AT sohasida ta’lim olish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berishga qaratilgan.

Avvalroq Rossotrudnichestvo 21-maktab bilan hamkorlikda ushbu loyihani Toshkent va Samarqandda o‘tkazgan. Dasturda qizlarni AT sohasiga jalb etish va ularga ushbu yo‘nalishdagi kasbiy imkoniyatlarni ko‘rsatishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Rossiyada o‘qish, kvota bo‘yicha hujjat topshirish va Toshkentdagi ko‘rgazma imkoniyatlari haqida batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0