Agrar sohasida “natijaviy subsidiya” modeliga o‘tiladi – tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po sovershenstvovaniyu sistem subsidirovaniya i straxovaniya v agrarnoy sfere.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po sovershenstvovaniyu sistem subsidirovaniya i straxovaniya v agrarnoy sfere. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2026
Obuna bo‘lish
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun olgan subsidiyasini oqlay olmagan fermerlar pulni davlatga qaytarib beradi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. O‘zbekistonda kelgusi yildan “mablag‘ ajratish” modelidan “natijaviy subsidiya” modeliga bosqichma-bosqich o‘tiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan taqdimotda shunday taklif berildi.

“Taqdimotda endi subsidiyalarni shunchaki xarajatni qoplashga emas, balki aniq natijaga bog‘lash zarurligi ta’kidlandi. Kelgusi yildan “mablag‘ ajratish” modelidan “natijaviy subsidiya” modeliga bosqichma-bosqich o‘tish taklif qilindi”, - deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Yangi tizimda hosildorlik, suv hamda energiya tejamkorligi, sarflangan resurslar evaziga olingan mahsulot hajmi asosiy mezon bo‘ladi. Barcha ma’lumotlar tegishli davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlaridan inson omilisiz olinadi. Har bir subsidiya oluvchining elektron pasporti shakllantirilib, natijalar onlayn kuzatib boriladi.
Dastlab ushbu mexanizm suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishida sinovdan o‘tkaziladi. Subsidiya ajratilgandan keyin ikki-uch yil davomida suv sarfi, hosildorlik va suv unumdorligi baholanadi.
Belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilmasa, subsidiya mablag‘ini qaytarish mexanizmi qo‘llaniladi. Bu davlat mablag‘larining manzilli va samarali sarflanishini ta’minlaydi.
Taqdimotda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda “Agrosafe” axborot tizimi orqali elektron ariza berishdan tortib, shartnoma va polisni rasmiylashtirish, monitoring, ekspertiza hamda tovon pulini to‘lashgacha bo‘lgan jarayonlar raqamlashtirilgan.
Sug‘urta qamrovini kengaytirib, bog‘ va uzumzorlardagi ko‘chat va daraxtlar, import qilingan chorva hamda tasodifiy hodisalar bilan bog‘liq xavflarni ham sug‘urtalash rejalashtirilgan. Shuningdek, chorvachilik, polizchilik, kartoshka va piyoz yetishtirish uchun yangi sug‘urta mahsulotlari joriy etiladi.
Qayd etilishicha, 2027-yilda 45 mingta qishloq xo‘jaligi korxonasini sug‘urta bilan qamrab olish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sug‘urta qamrovini 60 foizga yetkazish, 500 nafar mustaqil ekspert tayyorlash hamda sug‘urta xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish maqsad qilingan.
Yangi yondashuvda zarar oqibatlarini qoplash bilan birga xavflarning oldini olishga ham ustuvor ahamiyat beriladi. Sug‘urta mukofotining 3-5 foizini maxsus jamg‘armada shakllantirib, chorvachilikda vaksinatsiya, profilaktika va veterinariya xizmatlariga, paxta va g‘allachilikda biologik himoya tadbirlariga, bog‘dorchilik va uzumchilikda esa tabiiy ofatlardan himoya vositalarini o‘rnatishga yo‘naltirish taklif qilindi.
Mirziyoyev subsidiya va sug‘urta tizimlari, eng avvalo, fermer uchun sodda va qulay bo‘lishi, davlat mablag‘lari aniq natijaga xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi. Jarayonlarda inson omilini qisqartirish, shaffoflikni ta’minlash, sug‘urta hodisalarini adolatli baholash va tovon pullarini tezkor to‘lash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mutasaddilarga bildirilgan takliflarni takomillashtirib, tegishli huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritish vazifasi qo‘yildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda sohadagi subsidiyalar soni 29 ta yo‘nalish va 91 ta turga yetkazilib, bu maqsadlarga 2,7 trillion so‘m mablag‘ ko‘zda tutilgan. Qator yo‘nalishlarda arizalar proaktiv shakllantirilib, to‘lov muddatlari sezilarli qisqartirildi.
Proizvodstvo molochnoy produksii v Patigorske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
O‘zbekistonlik tadbirkorlar Belarusda mahsulot yetishtirib, uni O‘zbekistonga eksport qiladi
Yangiliklar lentasi
0