O‘zbekistonlik tadbirkorlar Belarusda mahsulot yetishtirib, uni O‘zbekistonga eksport qiladi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishProizvodstvo molochnoy produksii v Patigorske
Proizvodstvo molochnoy produksii v Patigorske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
Obuna bo‘lish
Mamlakatda O‘zbekiston bozoriga go‘sht yetkazib berish maqsadida qoramol parvarishlash yo‘lga qo‘yilmoqda.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zbekistonlik investorlarga Vitebsk viloyatida yer maydonlari va qishloq xo‘jaligi obyektlarini taklif qildi. Uning aytishicha, mazkur hududda go‘sht, sut va parranda mahsulotlari ishlab chiqarib, ularni keyinchalik O‘zbekistonga eksport qilish mumkin. Bu haqda BELTA axborot agentligi xabar berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar allaqachon boshlangan. Belarus qishloq xo‘jaligi vazirining ma’lum qilishicha, mamlakatda O‘zbekiston bozoriga go‘sht yetkazib berish maqsadida qoramol parvarishlash yo‘lga qo‘yilmoqda.

Belarus TIV ma’lumotlariga ko‘ra, hozir mamlakatda o‘zbek sarmoyasi ishtirokidagi 100 tadan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda esa Belarus kapitali ishtirokidagi 200 tadan ziyod korxona ishlayapti.

Iqtisodiy hamkorlikning kengayishi fonida o‘zbekistonliklarni Belarusda ishga joylashtirish masalasi ham muhokama qilinmoqda. Lukashenkoning ma’lum qilishicha, 200 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Vitebsk viloyatiga ishlash uchun borishga tayyor.
Belarus rahbari mamlakatning ayrim hududlarida ishchi kuchiga ehtiyoj yuqori ekanini ta’kidladi. Korxonalar o‘zlariga qancha xodim va qaysi mutaxassislik egalari kerakligini oldindan belgilaydi, nomzodlar esa shu talablar asosida maqsadli tanlanadi.
Tayyor mutaxassislarga ustuvorlik beriladi. Zarur hollarda xodimlarni Belarusning o‘zida qo‘shimcha o‘qitish ham ko‘zda tutilgan.
Lukashenko O‘zbekistondan keladigan xodimlarni oilalari bilan qabul qilish, ular uchun uy-joy va munosib yashash sharoitlarini yaratish, shuningdek, mahalliy fuqarolar bilan teng huquqlarni ta’minlash tarafdori ekanini bildirdi.
9 iyul kuni O‘zbekiston va Belarus hukumatlari fuqarolarni tashkiliy asosda tanlash va vaqtinchalik ishga joylashtirish bo‘yicha bitim imzolagan.
Hozir Belarusda 7 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi rasmiy hisobda turadi. Ularning bir qismi iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat qilsa, katta qismi mamlakat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda.
Uzbekistan i Belarus podpisali deklaratsiyu o strategicheskom partnerstve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus strategik sheriklik deklaratsiyasini imzoladi
Yangiliklar lentasi
0