https://oz.sputniknews.uz/20260925/kaspiy-fojia-60728015.html
Kaspiydagi fojia: halok bo‘lgan barcha 14 nafar qozog‘istonlik harbiy jasadi topildi
Kaspiydagi fojia: halok bo‘lgan barcha 14 nafar qozog‘istonlik harbiy jasadi topildi
Sputnik O‘zbekiston
24 sentabr kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida Kaspiy dengizi sohilida harbiy-dengiz kuchlari mashqlari paytida ob-havoning keskin yomonlashishi va kuchli shamol tufayli 17 harbiy xizmatchi ochiq dengizga cho‘kib ketdi. Ulardan 14 nafari halok bo‘ldi. Tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida uch kishi qutqarildi.
2026-09-25T12:19+0500
2026-09-25T12:19+0500
2026-09-25T12:19+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/19/60727851_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_d83248a1f8b8bc2743470cca7ca98473.jpg
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Kaspiy dengizida olib borilgan qidiruv operatsiyasi yakunlandi, halok bo‘lgan 14 nafar qozog‘istonlik harbiy xizmatchining barchasi topildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.24 sentabr kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida Kaspiy dengizi sohilida harbiy-dengiz kuchlari mashqlari paytida ob-havoning keskin yomonlashishi va kuchli shamol tufayli 17 harbiy xizmatchi ochiq dengizga cho‘kib ketdi. Ulardan 14 nafari halok bo‘ldi. Tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida uch kishi qutqarildi.Qozog‘iston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tezkor-tergov guruhi tuzildi. Kaspiy dengizidagi fojia sabab mamlakatda umummilliy motam e’lon qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20260811/tatarstan-rahbar-mirziyoev-hamdardlik-59615361.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/19/60727851_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_ec68da9fbca17aa481fd7fb41dcb8640.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, dunyo yangiliklari, qozog‘iston
dunyoda, dunyo yangiliklari, qozog‘iston
Kaspiydagi fojia: halok bo‘lgan barcha 14 nafar qozog‘istonlik harbiy jasadi topildi
Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari mashg‘ulotlari chog‘ida 17 nafar harbiy xizmatchi Kaspiy dengizida cho‘kib ketdi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Kaspiy dengizida olib borilgan qidiruv operatsiyasi yakunlandi, halok bo‘lgan 14 nafar qozog‘istonlik harbiy xizmatchining barchasi topildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. “Bugun, 25-sentabr kuni, soat taxminan 09:15 da uzluksiz olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida ilgari bedarak yo‘qolgan ikki harbiy xizmatchi – serjant Gumarov Mansur va dengizchi Turdibekuli Mirasning jasadlari topildi”, - deyiladi xabarda.
24 sentabr kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida Kaspiy dengizi sohilida harbiy-dengiz kuchlari mashqlari paytida ob-havoning keskin yomonlashishi va kuchli shamol tufayli 17 harbiy xizmatchi ochiq dengizga cho‘kib ketdi. Ulardan 14 nafari halok bo‘ldi. Tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida uch kishi qutqarildi.
Qozog‘iston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tezkor-tergov guruhi tuzildi.
Kaspiy dengizidagi fojia sabab mamlakatda umummilliy motam e’lon qilindi.