Toshkentda bo‘sh idishlarni 150 so‘mdan qabul qiladigan fandomat ishga tushdi

© Agentstvo po upravleniyu otxodami V Tashkente zarabotal fandomat, kotoriy prinimayet pustuyu taru po 150 sumov
V Tashkente zarabotal fandomat, kotoriy prinimayet pustuyu taru po 150 sumov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2026
Obuna bo‘lish
Pulni olish o‘rniga xayriya variantini ham tanlash mumkin.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekistonda plastik, shisha va alyuminiy ichimlik idishlarini qabul qilib, evaziga pul to‘laydigan fandomatlar ishga tushirildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Fandomatga topshirilgan har bir idish uchun 150 so‘m to‘lanadi. Mablag‘ foydalanuvchining Click elektron hamoniga o‘tkaziladi.
Fuqarolar pulni olish o‘rniga xayriya variantini ham tanlashi mumkin. Bunda mablag‘ xayriya maqsadlari va daraxt ekish tashabbuslariga yo‘naltiriladi.
Loyiha Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda Norvegiyaning TOMRA kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Birinchi fandomat Toshkent shahri Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasi, 7A-uyda o‘rnatilgan.
Pilot loyiha o‘zini oqlasa, bunday qurilmalarni respublikaning boshqa hududlaridagi aholi gavjum joylarga ham bosqichma-bosqich o‘rnatish rejalashtirilgan.
V Samarkande vdol trass ustanovleno okolo 160 musornix bakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2026
Samarqand viloyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yiga 160 ga yaqin chiqindi qutisi o‘rnatildi
Yangiliklar lentasi
0