https://oz.sputniknews.uz/20260823/samarkand-yollar-chiqindi-quti-59889852.html
Samarqand viloyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yiga 160 ga yaqin chiqindi qutisi o‘rnatildi
Samarqand viloyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yiga 160 ga yaqin chiqindi qutisi o‘rnatildi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatidagi M-39 va M-37 avtomobil yo‘llarining ikki tomoniga 160 ga yaqin maxsus chiqindi qutisi o‘rnatildi. Loyihani boshqa trassalarda ham davom ettirish rejalashtirilgan.
2026-08-23T09:32+0500
2026-08-23T09:32+0500
2026-08-23T09:33+0500
samarqand
ekologiya
o‘zbekiston
jamiyat
yo‘llar
avtomobil yo‘li
ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/17/59889471_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_4a46eb1028a7415cd135c7d725a8eee1.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Samarqand viloyatida avtomobil yo‘llari bo‘yiga maxsus chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.Xususan, Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining ikki tomoniga 100 ga yaqin maxsus bak joylashtirildi.Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi vakili Sherali Iskandarovning Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qilishicha, chiqindi qutilari yo‘lning har ikki tomoniga orasi 500 metrdan bir kilometrgacha bo‘lgan masofada joylashtirilmoqda.Kelgusida bunday chiqindi qutilarini Samarqand viloyati hududidan o‘tuvchi boshqa avtomobil yo‘llari bo‘yiga ham o‘rnatish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260707/samarkand-yashil-shahar-loyiha-58867668.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/17/59889471_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_a63e4b081aea80e6336df02e7bbe2aea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand, ekologiya , o‘zbekiston, jamiyat, yo‘llar, avtomobil yo‘li , ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
samarqand, ekologiya , o‘zbekiston, jamiyat, yo‘llar, avtomobil yo‘li , ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
Samarqand viloyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yiga 160 ga yaqin chiqindi qutisi o‘rnatildi
09:32 23.08.2026 (yangilandi: 09:33 23.08.2026) Samarqand viloyatidagi M-39 va M-37 avtomobil yo‘llari bo‘yiga 160 ga yaqin maxsus chiqindi qutisi o‘rnatildi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Samarqand viloyatida avtomobil yo‘llari bo‘yiga maxsus chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Xususan, Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining ikki tomoniga 100 ga yaqin maxsus bak joylashtirildi.
Narpay tumanidagi M-37 magistrali bo‘yida ham 60 dan ortiq chiqindi qutisi o‘rnatildi. Ular ulkan plastik idish shaklida tayyorlangan bo‘lib, yo‘lovchilar e’tiborini tortadigan yorqin ko‘rinishga ega.
Samarqand viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi vakili Sherali Iskandarovning Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qilishicha, chiqindi qutilari yo‘lning har ikki tomoniga orasi 500 metrdan bir kilometrgacha bo‘lgan masofada joylashtirilmoqda.
Kelgusida bunday chiqindi qutilarini Samarqand viloyati hududidan o‘tuvchi boshqa avtomobil yo‘llari bo‘yiga ham o‘rnatish rejalashtirilgan.