Mirziyoyev biznes uchun yangi imtiyozlar va Andijon bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po razvitiyu Andijanskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po razvitiyu Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2026
Obuna bo‘lish
Prezident Andijon viloyatini rivojlantirish bo‘yicha biznes, sanoat, ta’lim, energetika, uy-joy va xotin-qizlar bandligiga doir yangi vazifalarni belgiladi.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish davom etmoqda.
Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun yangi rag‘batlantirish choralari belgilandi. Kamida 1 ming nafar xodimi bo‘lgan korxonalarda ishchilarni o‘qitish, malakasini oshirish va transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Bunday korxonada kamida besh yil ishlagan xodimlarning farzandlari kontrakt to‘lovi ham qoplab beriladi. Ish o‘rinlari soni 1 mingga yaqinlashayotgan korxonalar uchun grantlar ajratiladi, Andijonga bu yo‘nalishda 20 million dollar beriladi.
Biznesni kreditlash tartibini o‘zgartirish ham belgilandi. 500 million so‘mgacha bo‘lgan loyihalarda biznes-reja talab etilmaydi, kreditlar garovga emas, pul oqimiga qarab ajratiladi.
Kichik tadbirkorning yirik buyurtmachi bilan uzoq muddatli shartnomasi kredit ta’minoti sifatida qabul qilinishi, eksportbop mahsulot uchun xomashyo xaridi kreditlarida esa sug‘urta polisi garov o‘rnini bosishi mumkin. To‘qqizta davlat bankiga 20 ta yangi bank mahsulotini taklif qilish vazifasi qo‘yildi.
Andijonni Farg‘ona vodiysining muhandislik kadrlari markaziga aylantirish rejalashtirildi. Oliygoh va texnikumlarning amaliy kafedralarini sanoat zonalari va yirik korxonalarga yaqinlashtirish, yil yakunigacha dual ta’limni kamida 80 foizga yetkazish topshirildi.
Andijon texnika instituti transformatsiya qilinib, xorijlik mutaxassislar jalb etiladi va dizaynerlik fakulteti ochiladi. Buning uchun 25 milliard so‘m ajratiladi.
Sanoat o‘sishi bilan energiyaga talabni qoplash uchun mikro va kichik GESlarni ko‘paytirish rejalashtirilgan. Mikro GESlarni tayyor holda qurib, tadbirkorlarga lizingga berish va betonlashtiriladigan kanallarda GESlar kaskadini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Andijondagi 30 ta ma’muriy bino Bobur shahriga ko‘chirilib, biznes uchun 13 gektar yer va 70 ming kvadrat metr joy bo‘shatiladi. Bu maydonlarda 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish va kamida 20 ming ish o‘rni yaratish imkoniyati bor.
Asaka, Shahrixon, Qo‘rg‘ontepa va Xonobodda ham savdo va xizmatlarga ixtisoslashgan biznes hududlarini rivojlantirish belgilandi.
Bobur shahrida 200 ming kishiga mo‘ljallangan 800 ta ko‘p qavatli uy qurilishi boshlangan. Savdo, biznes, mehmonxona, xususiy ta’lim, tibbiyot va sport obyektlarini qurish uchun ham alohida sharoitlar yaratiladi.
Ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha kelgusi yildan Xonobod — Andijon magistral quvurining ikkinchi tarmog‘i qurilishi boshlanadi. Loyiha 1 million aholining suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan.
Xotin-qizlar bandligini oshirish uchun Andijonda alohida jamg‘arma tashkil etilib, unga 20 million dollar ajratiladi. Shuningdek, yangi oilaviy bog‘chalar ochish orqali bola parvarishi bilan band ayollarning mehnat bozoriga qaytishiga sharoit yaratish rejalashtirildi.
Jamoat xavfsizligi va kiberjinoyatlarga qarshi kurashda raqamli texnologiyalar keng joriy etiladi.
Kameralar ma’lumotlari sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, huquqbuzarlik va YTHlarning oldini olish choralari ishlab chiqiladi. Yil oxirigacha bu tajribani boshqa hududlarda ham joriy etish topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po razvitiyu Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2026
Andijon uchun yangi rejalar: $5 mlrd investitsiya, 70 ming ish o‘rni va “muhandislik vodiysi”
Yangiliklar lentasi
0