Andijon uchun yangi rejalar: $5 mlrd investitsiya, 70 ming ish o‘rni va “muhandislik vodiysi”

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po razvitiyu Andijanskoy oblasti
Shavkat Mirziyoyev provodit soveshanie po razvitiyu Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2026
Obuna bo‘lish
Andijon viloyatida kelgusi yil kamida 10 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va 70 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Bu haqda prezident matbout xizmati xabar berdi.
Kelgusi yil viloyatda kamida 10 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Sanoat va tadbirkorlik uchun ajratilgan 1 ming gektar maydonda 7 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va kamida 70 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.
23 sentabr kuni Andijonda umumiy qiymati 9,4 milliard dollarlik 206 ta yangi loyiha ishga tushirilgan yoki qurilishi boshlangan edi.
Asakada avtomobilsozlik va mashinasozlik tajribasi asosida “Asaka muhandislik vodiysi” tashkil etilib, dasturiy mahsulotlar, elektronika, elektromexanika va muhandislik xizmatlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Qolgan 13 ta hududda ham loyihalar menejeri lavozimi joriy etiladi. Tumanlarning sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari sun’iy intellekt yordamida baholanadi.
Qishloq xo‘jaligida 4–5 ming gektar adir yerlariga suv chiqarilib, sanoatlashgan bog‘lar tashkil etiladi. Meva-sabzavotni qayta ishlash ulushini 16 foizdan 30 foizga, eksportni 500 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Paxta va to‘qimachilik sohasi uchun ham yangi qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi.
Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming so‘mdan subsidiya beriladi. O‘z yerida paxta yetishtirgan klasterlar gektariga 1,5 million so‘m oladi.
Tayyor mahsulot eksportchilarining kredit foizlarini qisman kompensatsiya qilish va marketpleyslar orqali sotilgan mahsulot qiymatining 3 foizini qaytarish bo‘yicha ham takliflar tayyorlanadi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii zapuska investproyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026
Andijonda 9,4 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushirildi va yangi qurilishlarga start berildi
Yangiliklar lentasi
0