https://oz.sputniknews.uz/20260924/asia-oyinlar-uzbekistan-medallar-60695421.html
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston medallari soni 17 taga yetdi
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston medallari soni 17 taga yetdi
Sputnik O‘zbekiston
Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi medallari soni 17 taga yetdi. Shohsanam Sherzodova mamlakatga ikkinchi oltin medalni keltirdi.
2026-09-24T09:58+0500
2026-09-24T09:58+0500
2026-09-24T10:02+0500
oltin medal
bronza medal
kumush medal
baydarka va kanoeda eshkak eshish
kibersport
sport
o‘zbekiston
osiyo o‘yinlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/18/60694831_0:52:1279:771_1920x0_80_0_0_829f769b3f9789497b0c4beab5219d3e.jpg
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida medallar jamg‘armasini to‘ldirishda davom etmoqda. 24-sentabr kuni hozirgacha mamlakat sportchilari 7 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.Shohsanam Sherzodova kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida 200 metrlik yakkalik dasturida g‘olib chiqib, O‘zbekiston delegatsiyasiga Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi oltin medalni taqdim qildi.Kumush medallarni akademik eshkak eshishda Shahboz Xolmurzayev, Mehroj Mamatqulov — Pavel Sorin juftligi hamda Anna Aksonova, Mariya Sergeyeva, Rayhona Sattorova va Aydana Smetullayevadan iborat ekipaj qo‘lga kiritdi. Kanoeda Artur Guliyev va Vladlen Denisov juftligi ham ikkinchi natijani qayd etdi.Maksim Golubev — Alisher Turdiyev juftligi akademik eshkak eshishda, Arina Tanatmisheva va Yekaterina Shubina esa baydarkada bronza medaliga sazovor bo‘ldi.23 sentabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi yana to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa, 24-sentabr kungi natijalardan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 2 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza — jami 17 ta medal bor.23 sentabr yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 1 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza — jami 10 ta medal bilan umumjamoa hisobida 14-o‘rinda turgan edi. O‘sha paytda Xitoy 47 ta oltin bilan birinchi, Yaponiya 15 ta oltin bilan ikkinchi, Janubiy Koreya 8 ta oltin bilan uchinchi, Qozog‘iston 7 ta oltin bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260921/asian-games-shavkatov-mma-bronza-60608885.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/18/60694831_17:0:1264:935_1920x0_80_0_0_ced6fd3d2d5916a0733ecbb7988bc576.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oltin medal, bronza medal, kumush medal, baydarka va kanoeda eshkak eshish , kibersport , sport, o‘zbekiston, osiyo o‘yinlari
oltin medal, bronza medal, kumush medal, baydarka va kanoeda eshkak eshish , kibersport , sport, o‘zbekiston, osiyo o‘yinlari
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston medallari soni 17 taga yetdi
09:58 24.09.2026 (yangilandi: 10:02 24.09.2026) O‘zbekiston sportchilari 24-sentabr kuni hozirgacha 7 ta — bir oltin, to‘rt kumush va ikki bronza medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida medallar jamg‘armasini to‘ldirishda davom etmoqda. 24-sentabr kuni hozirgacha mamlakat sportchilari 7 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Shohsanam Sherzodova kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida 200 metrlik yakkalik dasturida g‘olib chiqib, O‘zbekiston delegatsiyasiga Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi oltin medalni taqdim qildi.
Kumush medallarni akademik eshkak eshishda Shahboz Xolmurzayev, Mehroj Mamatqulov — Pavel Sorin juftligi hamda Anna Aksonova, Mariya Sergeyeva, Rayhona Sattorova va Aydana Smetullayevadan iborat ekipaj qo‘lga kiritdi. Kanoeda Artur Guliyev va Vladlen Denisov juftligi ham ikkinchi natijani qayd etdi.
Maksim Golubev — Alisher Turdiyev juftligi akademik eshkak eshishda, Arina Tanatmisheva va Yekaterina Shubina esa baydarkada bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
23 sentabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi yana to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Qilichboz Polina Volobuyeva, ushuchilar Saydullo Abdurashidov va Doniyor Turg‘unboyev, shuningdek, kibersportchilar Abubakr Iminjanov va Farrux Mirhamidov sovrindor bo‘ldi. Kibersportdagi bronza O‘zbekiston uchun Osiyo o‘yinlari tarixida ushbu yo‘nalishdagi ilk medal bo‘ldi.
Shu tariqa, 24-sentabr kungi natijalardan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 2 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza — jami 17 ta medal bor.
23 sentabr yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 1 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza — jami 10 ta medal bilan umumjamoa hisobida 14-o‘rinda turgan edi. O‘sha paytda Xitoy 47 ta oltin bilan birinchi, Yaponiya 15 ta oltin bilan ikkinchi, Janubiy Koreya 8 ta oltin bilan uchinchi, Qozog‘iston 7 ta oltin bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan.