Osiyo o‘yinlari: Shavkatov MMAda bronza oldi, 13 yoshli xitoylik suzuvchi rekord o‘rnatdi

© NOK UzbekistanaAichi-Nagoya-2026: Nodirbek Shavkatov zavoyeval bronzovuyu medal
Aichi-Nagoya-2026: Nodirbek Shavkatov zavoyeval bronzovuyu medal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2026
Obuna bo‘lish
Nodirbek Shavkatov MMA bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekistonga Aichi-Nagoya-2026da ikkinchi medalni keltirdi, 13 yoshli xitoylik suzuvchi esa Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Aichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi. Aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha modern yo‘nalishining -71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nodirbek Shavkatov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonlik sportchi yarim finalda qozog‘istonlik Qodirbek Shinbayevga imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi.
Bu natija tarixiy ahamiyatga ega. Aralash jang san’ati Aichi-Nagoya-2026da Osiyo o‘yinlari dasturiga ilk bor kiritildi. Shu tariqa, Shavkatov O‘zbekistonga Osiyo o‘yinlari tarixida MMA bo‘yicha dastlabki medalni keltirdi.
Avvalroq O‘zbekistonning musobaqadagi birinchi medalini karatechi Humoyunmirzo Halimov qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa, O‘zbekiston hisobida hozircha 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bor. Delegatsiya Aichi-Nagoya-2026da o‘z tarixidagi eng katta tarkib — 42 ta sport turida 396 nafar sportchi bilan qatnashmoqda.
O‘zbekiston oldingi Osiyo o‘yinlarida 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza — jami 71 ta medal bilan umumjamoa hisobida beshinchi o‘rinni egallagan edi.

21 sentabr kunduzgi holatiga ko‘ra, medallar jadvalida 14 ta oltin bilan Xitoy yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda 6 ta oltin olgan Yaponiya va 4 ta oltinga ega Janubiy Koreya bormoqda.

© AP Photo / Hiro Komae13-letnyaya kitayskaya plovchixa Yuy Szidi obnovila rekord Aziatskix igr.
13-letnyaya kitayskaya plovchixa Yuy Szidi obnovila rekord Aziatskix igr. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2026
13-letnyaya kitayskaya plovchixa Yuy Szidi obnovila rekord Aziatskix igr.
O‘yinlarning dastlabki sensatsiyalaridan biri 13 yoshli xitoylik suzuvchi Yuy Szidining 200 metr batterflyayda 2:05.08 natija bilan Osiyo o‘yinlari rekordini yangilab, oltin medal olishi bo‘ldi.
Aichi-Nagoya-2026: Xumoyunmirzo Xalimov stal obladatelem serebranoy medali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2026
Aichi-Nagoya-2026: Humoyunmirzo Halimov kumush medal sohibi bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0