Andijonda 9,4 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushirildi va yangi qurilishlarga start berildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii zapuska investproyektov
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii zapuska investproyektov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026
Obuna bo‘lish
Natijada 45 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida ramziy tugmani bosib, qiymati 2,05 mlrd dollarlik 98 ta loyihani ishga tushirdi va 7,35 mlrd dollarlik 108 ta yangi loyiha qurilishiga start berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Loyihalar viloyatning barcha 16 ta shahar va tumanida energetika, qurilish, to‘qimachilik, mashinasozlik, ta’lim, turizm, logistika, farmatsevtika va sog‘liqni saqlash kabi sohalarda amalga oshirilmoqda.
Ishga tushirilgan quvvatlar orasida paxta-to‘qimachilik klasteri, elektr energiyasini saqlash va taqsimlash tizimi, mebel va charm-poyabzal sanoat zonalari, elektr avtobuslar, quyosh panellari va kichik GESlar uchun uskunalar ishlab chiqarish korxonalari bor.
Yangi loyihalar doirasida esa turar joy majmualari, xalqaro logistika va turizm markazlari, GES, chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonasi, transport vositalari va yuk vagonlari ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi.
Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya, AQSh, Belarus, Germaniya, Hindiston, BAA va Tojikiston kompaniyalari hamda mahalliy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Loyihalar natijasida 45 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratish, yiliga 60,6 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 533 mln dollarlik eksport imkoniyatini shakllantirish rejalashtirilgan.
Prezidentning Andijonga tashrifi xalqaro aeroport rekonstruksiyasi bilan tanishishdan boshlandi. Shuningdek, davlat rahbari sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilgan Eco Cotton to‘qimachilik korxonasi va kichik GESlar uchun uskunalar ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.
V Samarkandskoy oblasti sostoyalsya zapusk krupnix proyektov i dan start stroitelstvu novix  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2026
Mirziyoyev Samarqand viloyatida 7 mlrd dollarlik 106 ta loyihaga start berdi
Yangiliklar lentasi
0