Kadastrda 10–15 kunlik jarayon bir necha soniyaga qisqarishi mumkin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po organizatsii deyatelnosti Agentstva po kadastru
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po organizatsii deyatelnosti Agentstva po kadastru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2026
Obuna bo‘lish
Kadastr xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha arizalarni qisqartirish va ro‘yxatdan o‘tkazishni onlayn shaklga o‘tkazish taklif qilindi
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Kadastr agentligi faoliyatini yangicha tashkil etish va aholi hamda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishni soddalashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning birinchi yarmida kadastr xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha 1 milliondan ortiq ariza kelib tushgan. Ularning 330 mingtasi yoki 30 foizi rad etilgan. Ya’ni amalda har uchta arizadan biri qanoatlantirilmagan.
Bitta masalani hal qilish uchun fuqarolar bir necha marta ariza topshirib, har biri uchun alohida to‘lov qilmoqda. Masalan, hovlini aka-uka o‘rtasida bo‘lish uchun to‘rtta, merosni uch qismga ajratish uchun esa oltita ariza talab etiladi.
Har bir ariza tuman, viloyat va respublika darajasida 30–50 ta bosqichda ko‘rib chiqilib, jarayon o‘rtacha 15–20 kun davom etmoqda.
Taqdimotda Kadastr agentligi va Kadastr palatasining hududlarda alohida tuzilmalar sifatida ishlashi, tizimning amalda ikki rahbar tomonidan boshqarilayotgani ham tanqid qilindi.
Kadastr xizmatlarini bosqichma-bosqich quyi bo‘g‘inga tushirish, hududiy bo‘linmalar vakolatlarini kengaytirish hamda respublika darajasidagi xodimlarning kamida 30 foizini tumanlarga o‘tkazish taklif etildi.
Shuningdek, respublika, viloyat va tuman darajasidagi Kadastr palatasi hamda xizmat ko‘rsatish tuzilmalarini birlashtirish rejalashtirilmoqda.
O‘zgarishlar davrida aholi sarson bo‘lmasligi uchun bir hafta ichida "Kadastr maslahat burchagi" va "Tezkor kadastr" xizmatlarini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.
Agentlik faoliyatini "bitta ariza — bitta to‘lov" tamoyili asosida tashkil etish taklif qilindi. Ko‘chmas mulkka huquq paydo bo‘lishi bilan ariza avtomatik shakllantirilib, proaktiv xizmat ko‘rsatiladi.
Barcha kadastr xizmatlarini bitta ariza asosida ko‘rsatish orqali yiliga 200 mingta ortiqcha murojaatni qisqartirish ko‘zda tutilgan.
Ko‘chmas mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘liq onlayn shaklga o‘tkazilib, yiliga 500 mingta arizani hozirgi 10–15 kun o‘rniga bir necha soniyada rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.
Bundan tashqari, noqonuniy qurilish ixtiyoriy bartaraf etilganda javobgarlikni yengillashtirish, ko‘chmas mulk huquqini belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tkazmagan shaxslarga esa birinchi marta jarima o‘rniga ogohlantirish berish taklif etildi.
Stroitelstvo jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2026
Ko‘chmas mulk narxini hisoblashning yangi tartibi tasdiqlandi
Yangiliklar lentasi
0