https://oz.sputniknews.uz/20260923/shaxmatchilar-mukofot-60663170.html
Shaxmatchilar mukofoti oshirildi: Olimpiada g‘oliblariga 200 ming dollardan beriladi
Shaxmatchilar mukofoti oshirildi: Olimpiada g‘oliblariga 200 ming dollardan beriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda shaxmatchilar mukofoti oshirildi: Olimpiadada oltin medal olgan har bir shaxmatchi 200 ming dollar, treneri 50 ming dollar oladi. Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada yakka peshqadam bo‘lib turibdi
2026-09-23T09:58+0500
2026-09-23T09:58+0500
2026-09-23T09:59+0500
shaxmat
butunjahon shaxmat olimpiadasi
mukofot
yangi qaror
olimpiada
o‘zbekiston
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1037/79/10377938_0:147:3121:1902_1920x0_80_0_0_3faf8128a4e6eee8fb17714e04732db9.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekistonda nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari oshirildi. Bu prezidentning 21-sentabrdagi PQ-346-son qarorida belgilandi.Ularning murabbiylariga mos ravishda 50 ming dollar, 25 ming dollar va 12,5 ming dollar beriladi.Shu tariqa, Samarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medal olgan har bir o‘zbekistonlik shaxmatchi 200 ming dollarlik mukofotga ega bo‘ladi.Yoshlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida mukofotlar oltin uchun 20 ming dollar, kumush uchun 10 ming dolar va bronza uchun 5 ming dollar etib belgilandi.Avvalgi tartibda kattalar o‘rtasidagi Avvalgi tartibda kattalar o‘rtasidagi shaxmat Olimpiadasi oltini uchun shaxmatchiga 2 ming BHM (824 mln so‘m), kumush uchun 1 ming BHM (412 mln so‘m), bronza uchun 500 BHM (206 mln so‘m) miqdorida mukofot belgilangan edi. Murabbiylar uchun mukofot mos ravishda 1 ming BHM (412 mln so‘m), 500 BHM (206 mln so‘m) va 250 BHMni (103 mln so‘m) tashkil etgan.Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi Samarqanddagi Olimpiadada olti turdan keyin 12 ochko bilan yakka peshqadam. Amaldagi chempion Hindiston ustidan 2,5:1,5 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Nodirbek Yoqubboyev jamoa yaxshi formada bo‘lsa, chempionlik uchun katta imkoniyat borligini aytdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260922/yoqubboev-india-galaba-60639974.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1037/79/10377938_194:0:2925:2048_1920x0_80_0_0_583b0fbf8f7f6155026c37d3baee52c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, mukofot, yangi qaror, olimpiada , o‘zbekiston, sport
shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, mukofot, yangi qaror, olimpiada , o‘zbekiston, sport
Shaxmatchilar mukofoti oshirildi: Olimpiada g‘oliblariga 200 ming dollardan beriladi
09:58 23.09.2026 (yangilandi: 09:59 23.09.2026) Yangi qarorga ko‘ra, kattalar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medal olgan har bir shaxmatchi 200 ming dollar oladi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekistonda nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari oshirildi. Bu prezidentning 21-sentabrdagi PQ-346-son qarorida
belgilandi.
Yangi tartibga ko‘ra, kattalar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida oltin medal olgan har bir shaxmatchi 200 ming dollar, kumush uchun 100 ming dollar, bronza uchun 50 ming dollar oladi.
Ularning murabbiylariga mos ravishda 50 ming dollar, 25 ming dollar va 12,5 ming dollar beriladi.
Shu tariqa, Samarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medal olgan har bir o‘zbekistonlik shaxmatchi 200 ming dollarlik mukofotga ega bo‘ladi.
Yoshlar o‘rtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasida mukofotlar oltin uchun 20 ming dollar, kumush uchun 10 ming dolar va bronza uchun 5 ming dollar etib belgilandi.
FIDE tasnifi bo‘yicha jahon miqyosidagi musobaqalar g‘oliblariga 15 ming dollargacha, Osiyo miqyosidagi musobaqalar g‘oliblariga 10 ming dollargacha beriladi. Xalqaro grossmeyster unvonini olgan shaxmatchi esa 5 ming dollar mukofot oladi.
Avvalgi tartibda kattalar o‘rtasidagi Avvalgi tartibda kattalar o‘rtasidagi shaxmat Olimpiadasi oltini uchun shaxmatchiga 2 ming BHM (824 mln so‘m), kumush uchun 1 ming BHM (412 mln so‘m), bronza uchun 500 BHM (206 mln so‘m) miqdorida mukofot belgilangan edi. Murabbiylar uchun mukofot mos ravishda 1 ming BHM (412 mln so‘m), 500 BHM (206 mln so‘m) va 250 BHMni (103 mln so‘m) tashkil etgan.
Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi Samarqanddagi Olimpiadada olti turdan keyin 12 ochko bilan yakka peshqadam. Amaldagi chempion Hindiston ustidan 2,5:1,5 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Nodirbek Yoqubboyev jamoa yaxshi formada bo‘lsa, chempionlik uchun katta imkoniyat borligini aytdi.