Yerxov: Rossiya va O‘zbekiston tashqi savdoda qog‘ozsiz hujjat almashinuvini sinovdan o‘tkazdi

© SputnikAleksey Yerxov
Aleksey Yerxov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston transchegaraviy elektron hujjat almashinuvini sinovdan o‘tkazdi. O‘zbekiston bu yo‘nalishda yana bir qator davlatlar bilan ish olib bormoqda.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat uchun transchegaraviy elektron hujjat almashinuvini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov Toshkentda Rossiya raqamli sektor kompaniyalari biznes missiyasining yalpi majlisi ochilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"Transchegaraviy elektron hujjat aylanishini yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston va Rossiyada raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi aniq amaliy qadamlardan biridir", — dedi Yerxov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat almashinuvi sxemasi Rossiya Federal soliq xizmati va O‘zbekiston Soliq qo‘mitasining pilot loyihasi doirasida sinovdan o‘tkazilgan. Loyiha ikki davlat raqamli tizimlarining o‘zaro ishlash imkoniyatini ko‘rsatgan.
Yalpi majlis "Rossiya–O‘zbekiston. Texnologiyalar va imkoniyatlarning raqamli ko‘prigi" mavzusida o‘tmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Belarus bilan ham transchegaraviy elektron hujjat aylanishi bo‘yicha ish olib bormoqda. ShHT tadbirlari doirasida ushbu masala bo‘yicha Xitoy bilan ham kelishuvlarga erishilgan.
Bu haqda UNICON.UZ bosh direktorining sun’iy intellekt va IT bo‘yicha maslahatchisi Shukurjon Mahamadnozimov ma’lum qildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surgan.
"Biz infratuzilmani yaratdik, biz bu yo‘lni yaratdik va bundan keyin, agar unga talab bo‘lsa, hamkorlarimiz, davlat va biznes sektori vakillari undan tez-tez foydalansa, bu yo‘lning infratuzilmasi va imkoniyatlari har safar yaxshilanib boradi", — dedi Mahamadnozimov.
O‘zbekistonning ichki elektron hujjat aylanishi tizimida ham katta hajmdagi ma’lumotlar qayta ishlanmoqda. "Soliqservis" mahsulot menejeri Javohir Oripovning aytishicha, tizimdan har oyda qariyb 35 mingta, yil davomida esa 110 mingta tashkilot foydalanadi.
"Tizimimizda 14 turdagi hujjatlar joriy etilgan", — dedi u.
Umuman olganda, platforma oyiga qariyb 1,5 millionta elektron hujjatni qayta ishlaydi. Tizim hisobvaraq-fakturalar, shartnomalar, dalolatnomalar, ishonchnomalar, tovar-transport yuk xatlari, solishtirish dalolatnomalari va ixtiyoriy shakldagi hujjatlarni yaratish hamda imzolash imkonini beradi.
Shuningdek, Rossiya raqamli rivojlanish vaziri o‘rinbosari Aleksandr Shoytov Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida elektron imzolarni o‘zaro tan olish masalasi deyarli hal etilganini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, meyoriy va texnologik baza amalda joriy etilgan, faqat ayrim texnik masalalar qolgan.
"O‘ylaymanki, ular yaqin orada hal qilinadi va yuridik ahamiyatga ega hujjatlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi", — dedi Shoytov.
Sifrovoy obmen mejdu Rossiyey i Uzbekistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2026
Qog‘ozsiz hujjat aylanishi: Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari uchun yangi tizim ishga tushdi
Yangiliklar lentasi
0