https://oz.sputniknews.uz/20260908/hujjat-aylanish-russia-uzbekistan-tizim-60296935.html
Qog‘ozsiz hujjat aylanishi: Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari uchun yangi tizim ishga tushdi
Qog‘ozsiz hujjat aylanishi: Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari uchun yangi tizim ishga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
“Kontur” Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida transchegaraviy elektron hujjat almashinuvini ishga tushirdi. Yangi tizim shartnoma va boshqa hujjatlarni qog‘oz nusxasiz kelishish, imzolash va tuzatish imkonini beradi.
2026-09-08T15:06+0500
2026-09-08T15:06+0500
2026-09-08T16:24+0500
hujjatlar
elektron imzo
raqamli texnologiyalar
yeoii
soliq qo‘mitasi
shartnoma
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/08/60299031_0:80:1536:944_1920x0_80_0_0_360ab7fd138d1b3ccd445c5e1f6f0824.png
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Rossiya kompaniyalari o‘zbekistonlik kontragentlar bilan yuridik ahamiyatga ega elektron hujjatlarni transchegaraviy tarzda almashishi mumkin bo‘ldi. “Kontur” kompaniyasi "Diadok" foydalanuvchilari uchun Rossiya–O‘zbekiston yo‘nalishida transchegaraviy elektron hujjat aylanishini (TEDO) ishga tushirdi.Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi tizim xorijiy hamkorlarga hujjatlarning qog‘oz nusxalarini yuborishdan voz kechish, ularni tezroq kelishish va imzolash, zarur hollarda esa tuzatishlar kiritish imkonini beradi.Tizim ishga tushirilishidan oldin Rossiya Federal soliq xizmati va O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi ishtirokida sinov loyihasi o‘tkazilgan. Uning doirasida 93 ta eksport-import bitimi bo‘yicha elektron hujjatlar almashilgan.“Kontur” ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron hujjat operatorlari o‘rtasidagi almashinuv yagona rouming markazi orqali tashkil etilgan. Bu Rossiya operatoriga bir marta ulanish orqali turli mahalliy operatorlar xizmatidan foydalanuvchi kompaniyalar bilan ishlash imkonini beradi.“Kontur” 2024-yildan transchegaraviy elektron hujjat aylanishini rivojlantirmoqda. Hozir bunday almashinuv Belarus, Xitoy, Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan yo‘lga qo‘yilgan. Keyinchalik tizimni YeOII, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlariga kengaytirish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260520/uzbekistan-russia-elektron-hujjatlari-tan-olish-57706516.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/08/60299031_86:0:1451:1024_1920x0_80_0_0_a846addc8171c9a70afba350e897ebf5.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hujjatlar , elektron imzo, raqamli texnologiyalar, yeoii, soliq qo‘mitasi, shartnoma, jamiyat, o‘zbekiston, rossiya
hujjatlar , elektron imzo, raqamli texnologiyalar, yeoii, soliq qo‘mitasi, shartnoma, jamiyat, o‘zbekiston, rossiya
Qog‘ozsiz hujjat aylanishi: Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari uchun yangi tizim ishga tushdi
15:06 08.09.2026 (yangilandi: 16:24 08.09.2026) Rossiya kompaniyalari o‘zbekistonlik hamkorlari bilan yuridik ahamiyatga ega elektron hujjatlarni transchegaraviy tarzda almashishi mumkin bo‘ldi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Rossiya kompaniyalari o‘zbekistonlik kontragentlar bilan yuridik ahamiyatga ega elektron hujjatlarni transchegaraviy tarzda almashishi mumkin bo‘ldi. “Kontur” kompaniyasi "Diadok" foydalanuvchilari uchun Rossiya–O‘zbekiston yo‘nalishida transchegaraviy elektron hujjat aylanishini (TEDO)
ishga tushirdi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi tizim xorijiy hamkorlarga hujjatlarning qog‘oz nusxalarini yuborishdan voz kechish, ularni tezroq kelishish va imzolash, zarur hollarda esa tuzatishlar kiritish imkonini beradi.
Xorijiy elektron imzolarning haqiqiyligi mustaqil ishonchli uchinchi tomon orqali tasdiqlanadi.
Tizim ishga tushirilishidan oldin Rossiya Federal soliq xizmati va O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi ishtirokida sinov loyihasi o‘tkazilgan. Uning doirasida 93 ta eksport-import bitimi bo‘yicha elektron hujjatlar almashilgan.
“Kontur” ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron hujjat operatorlari o‘rtasidagi almashinuv yagona rouming markazi orqali tashkil etilgan. Bu Rossiya operatoriga bir marta ulanish orqali turli mahalliy operatorlar xizmatidan foydalanuvchi kompaniyalar bilan ishlash imkonini beradi.
“Kontur” 2024-yildan transchegaraviy elektron hujjat aylanishini rivojlantirmoqda. Hozir bunday almashinuv Belarus, Xitoy, Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan yo‘lga qo‘yilgan. Keyinchalik tizimni YeOII, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlariga kengaytirish rejalashtirilgan.