https://oz.sputniknews.uz/20260923/cis-bojxona-raxbarlar-qaror-60686913.html
Brestda MDH bojxona xizmatlar raxbarlari 17 ta qaror qabul qildi
Brestda MDH bojxona xizmatlar raxbarlari 17 ta qaror qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Brestda O‘zbekiston va boshqa MDH davlatlari bojxona xizmatlari rahbarlarining 83-yig‘ilishi o‘tdi. Tranzit, elektron savdo va raqamli nazorat bo‘yicha 17 ta qaror qabul qilindi.
2026-09-23T19:07+0500
2026-09-23T19:07+0500
2026-09-24T10:08+0500
belarus
mdh
bojxona qo‘mitasi
elektron savdo
rossiya
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/17/60686737_0:46:870:535_1920x0_80_0_0_daf45c9480f90ea1f9af8aee7ba39c90.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Brestda MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari kengashining 83-yig‘ilishida 17 ta qaror qabul qilindi. Bu haqda Rossiyaning TKS.RU bojxona portali xabar berdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari ishtirok etdi, Armaniston esa videokonferensiya orqali qatnashdi.Tomonlar axborot tizimlari va dasturiy vositalar, transport va yuklarni skanerlash natijalarini tahlil qilish texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashdi.Shuningdek, tranzit yuklarni nazorat qilishda navigatsiya plombalaridan foydalanish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini identifikatsiya qilish, tovarlarni tasniflash hamda jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlarga oid masalalar ko‘rib chiqildi.Transchegaraviy elektron savdoni bojxona ma’muriyatchiligidan o‘tkazishga ham alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish arafasida MDH davlatlari ekspertlari axborot texnologiyalari, tovarlarni tasniflash va tranzit tashuvlarini soddalashtirish masalalari bo‘yicha qaror loyihalarini kelishib olgan edi.Rossiya Federal bojxona xizmati rahbari Valeriy Pikalov yana bir yilga Kengash raisi etib saylandi. Navbatdagi yig‘ilish 2027-yilning birinchi yarmida Rossiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260908/uzbekistan-russia-bojxona-kinologiya-memorandum-60292079.html
belarus
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/17/60686737_49:0:822:580_1920x0_80_0_0_927980d5582b60955bdac098b25da93c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
belarus, mdh, bojxona qo‘mitasi, elektron savdo, rossiya, o‘zbekiston, jamiyat
belarus, mdh, bojxona qo‘mitasi, elektron savdo, rossiya, o‘zbekiston, jamiyat
Brestda MDH bojxona xizmatlar raxbarlari 17 ta qaror qabul qildi
19:07 23.09.2026 (yangilandi: 10:08 24.09.2026) O‘zbekiston ishtirokidagi yig‘ilishda bojxona tranziti, raqamli texnologiyalar, elektron savdo, navigatsiya plombalari va yuklarni nazorat qilish masalalari bo‘yicha 17 ta qaror qabul qilindi
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Brestda MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari kengashining 83-yig‘ilishida 17 ta qaror qabul qilindi. Bu haqda Rossiyaning TKS.RU bojxona portali
xabar berdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari ishtirok etdi, Armaniston esa videokonferensiya orqali qatnashdi.
Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy yo‘nalishlardan biri bojxona nazoratini raqamlashtirish bo‘ldi.
Tomonlar axborot tizimlari va dasturiy vositalar, transport va yuklarni skanerlash natijalarini tahlil qilish texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashdi.
Shuningdek, tranzit yuklarni nazorat qilishda navigatsiya plombalaridan foydalanish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini identifikatsiya qilish, tovarlarni tasniflash hamda jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlarga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Transchegaraviy elektron savdoni bojxona ma’muriyatchiligidan o‘tkazishga ham alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, soddalashtirilgan deklaratsiya, oldindan axborot berish va xavflarni boshqarish tizimi asosida tovarlarni avtomatik chiqarish mexanizmlari bo‘yicha tajriba o‘rganish nazarda tutilgan.
Yig‘ilish arafasida MDH davlatlari ekspertlari axborot texnologiyalari, tovarlarni tasniflash va tranzit tashuvlarini soddalashtirish masalalari bo‘yicha qaror loyihalarini kelishib olgan edi.
Rossiya Federal bojxona xizmati rahbari Valeriy Pikalov yana bir yilga Kengash raisi etib saylandi. Navbatdagi yig‘ilish 2027-yilning birinchi yarmida Rossiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.