O‘zbekiston va Rossiya bojxona kinologiyasi bo‘yicha memorandum imzoladi

© SputnikFederalnaya tamojennaya slujba RF i Tamojenniy komitet RUz podpisali memorandum o sotrudnichestve
Federalnaya tamojennaya slujba RF i Tamojenniy komitet RUz podpisali memorandum o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari kinologlarni tayyorlash, xizmat itlari bilan ishlash va kontrabandani aniqlash bo‘yicha tajriba almashadi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Rossiya Federal bojxona xizmati (FTS) va O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi o‘rtasida kinologiya sohasida tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida memorandum imzolandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Memorandum mamlakatlarning o‘quv markazlarida instruktorlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kontrabanda buyumlarini aniqlashga mo‘ljallangan xizmat itlarini tayyorlashning yangi va innovatsion usullari bo‘yicha tajriba almashishni nazarda tutadi.
Shuningdek, o‘quv adabiyotlari va uslubiy qo‘llanmalarni birgalikda tayyorlash, xizmat kinologiyasi sohasida axborot va tajriba almashish, o‘zaro maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Memorandum Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan VII Global kinologiya forumi doirasida O‘zbekiston Milliy kinologiya markazi direktori Farrux Qahhorov va Rossiya FTS Kinologiya markazi Markaziy bojxonasi boshlig‘i Aleksey Cherkavskiy tomonidan imzolandi.
Cherkavskiyning ma’lum qilishicha, so‘nggi ikki yil ichida Rossiya Bojxona xizmati Kinologiya markaziga bir qator davlatlar, jumladan, O‘zbekiston delegatsiyalari tashrif buyurgan.
Ular orasida Kuba, Eron, Venesuela, Nikaragua, Mo‘g‘uliston, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston vakillari ham bor.
“Rossiya Bojxona xizmati Kinologiya markazi xalqaro hamkorlik va xorijiy hamkasblar bilan tajriba almashishga katta ahamiyat beradi”, — dedi Cherkavskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2012-yildan buyon Rossiya FTS Kinologiya markazida 70 nafardan ortiq xorijiy mutaxassis xalqaro kurslarda ta’lim olgan.
Bunday hamkorlik 2009-yilda MDH davlatlari huquqni muhofaza qilish bo‘linmalari va bojxona xizmatlari rahbarlari qo‘mitalari huzurida tashkil etilgan kinologiya faoliyati masalalari bo‘yicha ishchi guruh doirasida ham amalga oshirilmoqda.
Ishchi guruhda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Cherkavskiyning aytishicha, ishchi guruh har yili kinolog mutaxassislar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazadi. Shuningdek, ishtirokchi davlatlar vakillari yiliga ikki marta ishchi guruh yig‘ilishlarida uchrashadi.
V Tashkente otkrilsya VII Globalniy kinologicheskiy forum Vsemirnoy tamojennoy organizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2026
2016 yildan buyon O‘zbekistonda bojxona to‘lovlaridan budjet tushumlari 14 baravar oshdi
Yangiliklar lentasi
0