Chegirmalar samara berdimi — avgustda yangi avtomobillar savdosi 20,5 foizga oshdi

© Sputnik / Baxrom XatamovAvtosalon v Tashkente
Avtosalon v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026
Obuna bo‘lish
Avgustda O‘zbekistonda yangi yengil avtomobillar savdosi 20,5 foizga oshdi, foydalanilgan mashinalar savdosi esa 10,8 foizga kamaydi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Avgust oyida O‘zbekistonda yangi yengil avtomobillar savdosi 20,5% ga o‘sib, 30,6 mingtani tashkil etdi. Barcha turdagi avtotransport vositalari savdosi esa 79 mingtadan oshgan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.
O‘sishning asosiy qismi mahalliy avtomobillar hissasiga to‘g‘ri keldi. Ular savdosi bir oyda qariyb 25 foizga oshib, 25,3 mingtaga yetdi. Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 7 foizgaga o‘sib, 5,3 mingtani tashkil etdi.
Ayni paytda avgustda "UzAuto Motors" bir qator "Chevrolet" modellariga yirik chegirmalar taklif qildi. "Captiva" uchun chegirma 45 mln so‘mgacha, "Cobalt MCM" va "Damas" uchun 15 mln so‘mgacha yetdi. Aksiya 10-sentabrgacha davom etdi.
Shuningdek, "Cobalt" uchun bir nechta bank bilan nol foizdan boshlanadigan muddatli to‘lov dasturlari ishga tushirildi. Masalan, ayrim shartlarda 50–65 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan avtomobilni foizsiz xarid qilish imkoniyati taklif etildi.
Biroq ikkilamchi bozorda teskari dinamika kuzatildi: foydalanilgan yengil avtomobillar savdosi 10,8 foizga kamayib, qariyb 32 mingtani tashkil etdi.
Elektromobillar savdosi esa birlamchi va ikkilamchi bozorlarda 9,2 mingtaga yetdi.
Shu bilan birga, uy-joy bozorida avgustda 25,1 mingga yaqin bitim rasmiylashtirildi — bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga deyarli teng. Yanvar–avgustda esa uy-joy savdosi 18,4 foizga o‘sib, 222,5 mingta bitimga yetdi.
Avtomobil Chevrolet Damas  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Cobalt va Damas uchun 15 mln, Captiva uchun 45 mln so‘mgacha chegirma berildi
Yangiliklar lentasi
0