Cobalt va Damas uchun 15 mln, Captiva uchun 45 mln so‘mgacha chegirma berildi

© Foto : UzAuto MotorsAvtomobil Chevrolet Damas
Avtomobil Chevrolet Damas  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Obuna bo‘lish
Aksiya 3-avgustdan 10-sentabrgacha amal qiladi. Chegirmalar faqat avtomobil narxi 100 foiz to‘liq to‘langanda beriladi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. UzAuto Motors Cobalt, Damas va Captiva avtomobillarini xarid qilish uchun maxsus chegirmalar e’lon qildi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, aksiya O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi va UzAuto Motors tashkil etilganining 30-yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. U 3-avgustdan 10-sentabrgacha, shu kunni ham qo‘shgan holda, amal qiladi.
Aksiya doirasida:
Chevrolet Cobalt MCM uchun — 15 mln so‘mgacha;
Chevrolet Captiva uchun — 45 mln so‘mgacha;
Chevrolet Damas uchun — 15 mln so‘m chegirma taqdim etiladi.
Kompaniyaning amaldagi prayslaridan kelib chiqib, maksimal chegirma qo‘llanilganda Cobalt Style MCM narxi 156,1 mln so‘mdan 141,1 mln so‘mga tushishi mumkin. Captiva LT2 esa 319,9 mln so‘m o‘rniga 274,9 mln so‘mga taklif etiladi.
Damas D2 Style Plus komplektatsiyasining amaldagi narxi 96,932 mln so‘mni tashkil etadi. 15 mln so‘mlik chegirma qo‘llanilganda uning narxi 81,932 mln so‘mga tushadi.
Chegirma oddiy Damas avtomobiliga taalluqli bo‘lib, yangi Damas Move & Max modeli aksiyada ko‘rsatilmagan.
Chegirmalardan foydalanish uchun avtomobil qiymatini 100 foiz to‘lash talab etiladi. Tijorat banklari orqali, jumladan, avtokredit yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida amalga oshirilgan xaridlarga aksiya shartlari tatbiq etilmaydi.
Cobalt va Captiva uchun chegirma miqdori "15 mln so‘mgacha" va "45 mln so‘mgacha" deb ko‘rsatilgan. Shu bois aniq narx tanlangan komplektatsiya va mavjud avtomobillarga qarab farq qilishi mumkin.
AO UzAuto Motors soobshil o starte prodaj Chevrolet Damas Max i Chevrolet Damas Move - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2026
"Chevrolet Damas Max" va "Move" sotuvga chiqdi: texnik xususiyatlar va narxlar
Yangiliklar lentasi
0