Toshkent yo‘llarida velosiped, samokat va skuterlarga alohida yo‘laklar paydo bo‘lishi mumkin

© SODD g.TashkentaNa ulitse Lutfiy protestirovali otdelnuyu polosu dlya mikromobilnosti
Na ulitse Lutfiy protestirovali otdelnuyu polosu dlya mikromobilnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2026
Obuna bo‘lish
Lutfiy ko‘chasida alohida yo‘lak sinovdan o‘tdi. Bunday yechimni boshqa ko‘chalarda ham qo‘llash o‘rganilmoqda — bu kuryerlar, velosiped va samokat haydovchilariga harakatlanishni yanada qulay qilishi mumkin.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkentda velosiped, elektrosamokat va elektroskuterlar uchun alohida harakatlanish yo‘laklari boshqa ko‘chalarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahri Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) ma’lum qildi.
Markaz Lutfiy ko‘chasining 2,4 kilometrlik qismida mikromobillik vositalari uchun alohida yo‘lakni sinov tariqasida tashkil etdi. U velosiped, elektrosamokat, elektroskuter va boshqa shunga o‘xshash vositalar uchun mo‘ljallangan.
Bunday yechimning asosiy maqsadi turli tezlikda harakatlanadigan oqimlarni ajratishdir.
Alohida infratuzilma bo‘lmagan joylarda velosiped va samokat foydalanuvchilari yo avtomobillar bilan qatnov qismida, yoki piyodalar bilan bir trotuarda harakatlanishiga to‘g‘ri keladi.
Lutfiy ko‘chasidagi pilot loyiha ijobiy natija ko‘rsatgan. Ayni paytda poytaxtning shunday yo‘lak tashkil etish mumkin bo‘lgan boshqa ko‘cha va hududlari ham o‘rganilmoqda.
Keyingi loyihalarda bunday yo‘laklarni avtomobillar oqimidan delineatorlar, ajratuvchi va boshqa himoya elementlari bilan jismonan ajratish rejalashtirilgan.

Amaldagi Yo‘l harakati qoidalarida velosiped va individual harakatlanish vositalari uchun yo‘lning qatnov qismida alohida tasma tashkil etish nazarda tutilgan. Bunday tasma boshqa transport oqimidan yo‘l chizig‘i bilan ajratiladi.

Shunga o‘xshash tizim yirik shaharlarda ham qo‘llanadi. Masalan, Parijda elektrosamokatlarga velosiped yo‘laklarida harakatlanishga ruxsat berilgan, trotuarda esa harakatlanish taqiqlangan. Nyu-Yorkda esa mikromobillik oqimi ortishi hisobga olinib, himoyalangan veloyo‘laklar kengaytirilmoqda — ayrimlari 10 futgacha (qariyb 3 metr) yetkazilgan.
Toshkentda transport harakati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2026
Toshkentning Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagi qurilishi boshlanadi
Yangiliklar lentasi
0