https://oz.sputniknews.uz/20260724/toshkent-59233425.html
Toshkentning Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagi qurilishi boshlanadi
Toshkentning Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagi qurilishi boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Qurilish-ta’mirlash ishlari yo‘lning markazidagi 4 ta harakatlanish tasmalarida amalga oshiriladi. 24.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-24T09:45+0500
2026-07-24T09:45+0500
2026-07-24T09:45+0500
jamiyat
toshkent
yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/16/55182441_0:73:1106:695_1920x0_80_0_0_93dbdce5cff9ec034e74ca8642249b1e.jpg
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Toshkentning Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida avtobuslar uchun mo‘ljallangan BRT yo‘lagini tashkil etish ishlari boshlanmoqda.Poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazining ma’lum qilishicha, ishlar Shota Rustaveli ko‘chasida tashkil etilgan va poytaxt aholisi tomonidan ijobiy baholangan BRT yo‘lagini Shahrisabz ko‘chasi bo‘ylab davom ettirish doirasida amalga oshiriladi.Qayd etilishicha, 24-iyul soat 01:00 dan 9-avgust soat 23:00 gacha Shahrisabz ko‘chasining Shahrisabz—Mirobod—Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘lni BRT talablari asosida moslashtirish ishlari olib boriladi.Bunda mazkur yo‘l qismi transport vositalari harakati uchun to‘liq yopilmaydi. Qurilish-ta’mirlash ishlari yo‘lning markaziy qismidagi to‘rtta harakatlanish tasmasida amalga oshiriladi.Ta’mirlash davrida har ikki yo‘nalishda transport vositalari harakati yo‘lning o‘ng chekkasidagi ikkita harakatlanish tasmasi orqali davom ettiriladi.YTHM haydovchilardan ushbu hududda ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so‘rab, yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
https://oz.sputniknews.uz/20260520/metro-yol-haqi-masofa-belgilanish-57707067.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/16/55182441_68:0:1051:737_1920x0_80_0_0_2b769ed220963c54abe539a8c9787b15.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, yo‘l
Toshkentning Shahrisabz ko‘chasida BRT yo‘lagi qurilishi boshlanadi
Qurilish-ta’mirlash ishlari yo‘lning markazidagi 4 ta harakatlanish tasmalarida amalga oshiriladi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Toshkentning Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida avtobuslar uchun mo‘ljallangan BRT yo‘lagini tashkil etish ishlari boshlanmoqda.
Poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazining
ma’lum qilishicha, ishlar Shota Rustaveli ko‘chasida tashkil etilgan va poytaxt aholisi tomonidan ijobiy baholangan BRT yo‘lagini Shahrisabz ko‘chasi bo‘ylab davom ettirish doirasida amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, 24-iyul soat 01:00 dan 9-avgust soat 23:00 gacha Shahrisabz ko‘chasining Shahrisabz—Mirobod—Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shohko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘lni BRT talablari asosida moslashtirish ishlari olib boriladi.
Bunda mazkur yo‘l qismi transport vositalari harakati uchun to‘liq yopilmaydi. Qurilish-ta’mirlash ishlari yo‘lning markaziy qismidagi to‘rtta harakatlanish tasmasida amalga oshiriladi.
Ta’mirlash davrida har ikki yo‘nalishda transport vositalari harakati yo‘lning o‘ng chekkasidagi ikkita harakatlanish tasmasi orqali davom ettiriladi.
YTHM haydovchilardan ushbu hududda ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so‘rab, yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘radi.