Minskda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi harbiy hamkorlik muhokama qilindi

© Voyennoe informatsionnoe agentstvo "Vayar"Vstrecha Ministra oboroni Belarusi s Poslom Uzbekistana v RB
Vstrecha Ministra oboroni Belarusi s Poslom Uzbekistana v RB - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2026
Obuna bo‘lish
Minskdagi uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida harbiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Belarus va O‘zbekiston harbiy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi matubot xizmati xabar berdi.
Minskda Belarus mudofaa vaziri general-leytenant Viktor Xrenin O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nuriddin Mamajonov bilan uchrashdi.
Mamajonov, shuningdek, O‘zbekistonning MDH ustav va boshqa organlari huzuridagi doimiy vakolatli vakili hisoblanadi.
“Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi harbiy sohadagi hamkorlik bundan buyon ham kengayib borishiga ishonch bildirdi.
V Minske proshlo ocherednoe zasedanie Koordinatsionnogo komiteta nachalnikov svazi voorujennix sil gosudarstv-uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2026
O‘zbekiston MDH davlatlari qurolli kuchlari aloqa boshliqlari yig‘ilishida qatnashdi
Yangiliklar lentasi
0