https://oz.sputniknews.uz/20260921/uzbekistan-shaxmat-olimpiada-birinchi-orin-60601429.html
O‘zbekiston Xitoyni ortda qoldirib, shaxmat Olimpiadasi jadvalida birinchi o‘ringa chiqdi
O‘zbekiston Xitoyni ortda qoldirib, shaxmat Olimpiadasi jadvalida birinchi o‘ringa chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi Shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston Vengriyani 4:0 hisobida yengib, 10 ochko bilan birinchi o‘ringa chiqdi. Bugun o‘zbekistonliklar amaldagi chempion Hindiston bilan o‘ynaydi.
2026-09-21T10:02+0500
2026-09-21T10:02+0500
2026-09-21T10:02+0500
shaxmat
butunjahon shaxmat olimpiadasi
samarqand
nodirbek abdusattorov
javohir sindarov
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/15/60601091_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f0efa865000392c6d6c5d92f10327bc8.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining beshinchi turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Vengriyani 4:0 hisobida mag‘lub etdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.Nodirbek Abdusattorov Rixard Rapportni, Javohir Sindarov Peter Lekoni, Nodirbek Yoqubboyev Benjamin Gledurani, Shamsiddin Vohidov esa Gleb Dudinni mag‘lub etdi. Shu tariqa, O‘zbekiston beshta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 10 ochko to‘pladi. 21-sentabr kuni oltinchi turda O‘zbekiston amaldagi Olimpiada chempioni Hindiston bilan uchrashadi. Hindiston tarkibida Pragnanandxa, Arjun Erigaysi, Nixal Sarin, jahon chempioni Gukesh va Vidit Gujrati bor. Tur Samarqand vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kecha AQSh bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Afruza Hamdamova birinchi taxtada Karissa Yipni mag‘lub etdi, Gulruhbegim Tohirjonova Elis Liga imkoniyatni boy berdi. Umida Omonova va Nilufarxon Imomqo‘ziyevaning partiyalari durang bilan yakunlandi. O‘zbekiston ayollar jamoasi besh turdan keyin 9 ochkoga ega.O‘zbekistonning ikkinchi erkaklar jamoasi beshinchi turda Filippinni 2,5:1,5 hisobida yengdi, uchinchi jamoa esa Avstriya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260920/uzbekistan-olimpiada-ikkinchi-orin-60583404.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/15/60601091_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_43fa038154f7d72da63789afdefa7588.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, samarqand, nodirbek abdusattorov, javohir sindarov, sport
shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, samarqand, nodirbek abdusattorov, javohir sindarov, sport
O‘zbekiston Xitoyni ortda qoldirib, shaxmat Olimpiadasi jadvalida birinchi o‘ringa chiqdi
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Vengriyani 4:0 hisobida mag‘lub etib, besh turdan so‘ng shaxmat Olimpiadasi peshqadami bo‘ldi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining beshinchi turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Vengriyani 4:0 hisobida mag‘lub etdi, deb
xabar berdi Sputnik muxbiri.
Nodirbek Abdusattorov Rixard Rapportni, Javohir Sindarov Peter Lekoni, Nodirbek Yoqubboyev Benjamin Gledurani, Shamsiddin Vohidov esa Gleb Dudinni mag‘lub etdi. Shu tariqa, O‘zbekiston beshta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 10 ochko to‘pladi.
Tay-breyk ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston birinchi, xuddi shunday 10 ochkoga ega Hindiston ikkinchi, Germaniya uchinchi o‘rinda bormoqda.
21 sentabr kuni oltinchi turda O‘zbekiston amaldagi Olimpiada chempioni Hindiston bilan uchrashadi. Hindiston tarkibida Pragnanandxa, Arjun Erigaysi, Nixal Sarin, jahon chempioni Gukesh va Vidit Gujrati bor. Tur Samarqand vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.
Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kecha AQSh bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Afruza Hamdamova birinchi taxtada Karissa Yipni mag‘lub etdi, Gulruhbegim Tohirjonova Elis Liga imkoniyatni boy berdi.
Umida Omonova va Nilufarxon Imomqo‘ziyevaning partiyalari durang bilan yakunlandi. O‘zbekiston ayollar jamoasi besh turdan keyin 9 ochkoga ega.
Oltinchi turda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Gruziya bilan kuch sinashadi. Gruziya tarkibida Nana Dzagnidze, Nino Batsiashvili va Bella Xotenashvili kabi grossmeysterlar bor.
O‘zbekistonning ikkinchi erkaklar jamoasi beshinchi turda Filippinni 2,5:1,5 hisobida yengdi, uchinchi jamoa esa Avstriya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.