To‘rt tur — to‘rt g‘alaba: O‘zbekiston Olimpiadada ikkinchi o‘ringa chiqdi

© SputnikSbornaya Uzbekistana voshla v lidiruyushuyu gruppu shaxmatnoy Olimpiadi v Samarkande
Sbornaya Uzbekistana voshla v lidiruyushuyu gruppu shaxmatnoy Olimpiadi v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi to‘rt turda maksimal 8 ochko to‘pladi va hali birorta shaxsiy partiyada mag‘lubiyatga uchramadi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining to‘rt turidan so‘ng maksimal 8 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
To‘rtinchi turda O‘zbekiston Turkiyani 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. Jamoaga g‘alabani Nodirbek Yakubboyev olib keldi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida durang qayd etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston dastlabki to‘rt uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Yana bir e’tiborli natija — terma jamoa shaxmatchilari shu paytgacha birorta ham shaxsiy partiyada yutqazmadi. Bunday natijani O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Germaniya va Armaniston jamoalari ham qayd etgan.
Hozir ochiq turnirda sakkizta jamoa — Xitoy, O‘zbekiston, Germaniya, Armaniston, Hindiston, AQSh, Niderlandiya va Vengriya 8 tadan jamoaviy ochko to‘plagan. O‘zbekiston qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham yuz foizlik natija qayd etmoqda. To‘rtinchi turda Argentina 3:1 hisobida mag‘lub etildi. Gulruxbegim Tohirjonova va Umida Omonova g‘alaba qozondi, Afruza Hamdamova va Guldona Karimova durang o‘ynadi. Jamoa 8 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda.
Bugun, 20-sentabr kuni soat 15:00 da beshinchi tur boshlanadi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi Vengriya, ayollar terma jamoasi esa AQSh bilan uchrashadi. Har ikki raqib ham dastlabki to‘rt turda maksimal 8 ochko to‘plagan.
Olimpiada 11 turdan iborat bo‘lib, 27-sentabrga qadar davom etadi.
46-Butunjahon shaxmat olimpadasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2026
O‘zbekiston shaxmatchilari Butunjahon olimpiadasida uchinchi kun davomida peshqadamlik qilmoqda
Yangiliklar lentasi
0