Toshkentda qishda yaxshi isimaydigan uylar tekshiriladi

© Sputnik / Sgenerirovano IIEnergoaudit jilogo doma s teplovizorom
Energoaudit jilogo doma s teplovizorom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda qishda yetarlicha isimagan ko‘p kvartirali uylar tekshirilib, ularni modernizatsiya qilish uchun texnik yechimlar ishlab chiqiladi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Toshkentda o‘tgan issiqlik mavsumida belgilangan meyor darajasida isitilmagan ko‘p kvartirali uylarda 21-sentabrdan energiya auditi boshlanadi. Tekshiruvlar Jahon banki mutaxassislari ko‘magida o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Audit uchun uylar poytaxt hokimligi tomonidan o‘tkazilgan manzilli o‘rganishlar natijasida tanlab olingan.
Mutaxassislar binolarning texnik va energetik holati, issiqlik yo‘qotish manbalari, tashqi devorlar, tom va yerto‘la, eshik va derazalar hamda ichki isitish tizimlarini tekshiradi. Zarur instrumental o‘lchovlar ham o‘tkaziladi.
Har bir uyda issiqlik yo‘qotilishiga sabab bo‘layotgan asosiy omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha texnik yechimlar ishlab chiqiladi.
Audit natijalari asosida Toshkentda ko‘p kvartirali uylarni samarali isitish bo‘yicha yagona metodologiya yaratish rejalashtirilgan.
U orqali uylarni energiya samaradorligi bo‘yicha baholash, modernizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan binolarni aniqlash, issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish va energiya tejamkor yechimlarni joriy etish bo‘yicha choralar belgilanadi.
Perekrostki Tashkenta: ritm sovremennogo goroda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2026
Toshkentda dizayn-kodni joriy etish tartibi qayta ko‘rib chiqildi
Yangiliklar lentasi
0