https://oz.sputniknews.uz/20260821/toshkent-dizayn-kod-59847625.html
Toshkentda dizayn-kodni joriy etish tartibi qayta ko‘rib chiqildi
Toshkentda dizayn-kodni joriy etish tartibi qayta ko‘rib chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
Poytaxt hokimligi dizayn-kodni joriy etishdagi ayrim xatolarni tan oldi. 21.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-21T10:08+0500
2026-08-21T10:08+0500
2026-08-21T10:08+0500
jamiyat
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/06/59520496_0:136:1448:951_1920x0_80_0_0_91aaee7c4c98a1ada4434b058c19f84a.png
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Toshkent shahri hokimligi poytaxt ko‘chalarida dizayn-kodni joriy etish jarayonida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan fikr va e’tirozlar inobatga olinganini ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, 11-maydan 26-iyulgacha dizayn kodni joriy etish ishlari poytaxtning 56 ta ko‘chasidagi 3 228 ta tadbirkorlik subyektini qamrab olgan. Tadbirkorlarning fikrini o‘rganish maqsadida Toshkent shahar hokimligi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilgan.So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ayrim hollarda dizayn kod talablari, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va bajariladigan ishlar ketma-ketligi tadbirkorlarga o‘z vaqtida va yetarlicha tushunarli tarzda izohlanmagani aniqlangan. Mazkur e’tirozlar o‘rinli deb topilib, kelgusidagi ishlarda inobatga olinishi bildirilgan.Bugungi kunga kelib 509 nafar tadbirkor bino fasadini yangilagan, yana 2 627 nafari ishlarni yakunlamoqda. Qolgan masalalar tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda individual tartibda ko‘rib chiqiladi.Shuningdek, 18 ta reklama-ishlab chiqarish kompaniyasi mutaxassislarining malakasi oshirilgan. Bunda "Toshkent Invest", Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti ekspertlari ishtirok etgan.“Vazifamiz shunchaki fasadlarni yagona talablarga moslashtirish emas, balki bu jarayonni tadbirkorlar uchun tushunarli va adolatli tashkil etishdir. Dizayn kod biznes uchun asossiz qiyinchiliklar yaratmasdan, poytaxtimiz qiyofasini yaxshilashi lozim”, - deya qayd etdi hokimlik.
https://oz.sputniknews.uz/20251226/toshkent-dizayn-kod-54474372.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/06/59520496_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_5cdb3c289d232dc7142908cc9ef7ba44.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent
Toshkentda dizayn-kodni joriy etish tartibi qayta ko‘rib chiqildi
Poytaxt hokimligi dizayn-kodni joriy etishdagi ayrim xatolarni tan oldi.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Toshkent shahri hokimligi poytaxt ko‘chalarida dizayn-kodni joriy etish jarayonida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan fikr va e’tirozlar inobatga olinganini
ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 11-maydan 26-iyulgacha dizayn kodni joriy etish ishlari poytaxtning 56 ta ko‘chasidagi 3 228 ta tadbirkorlik subyektini qamrab olgan. Tadbirkorlarning fikrini o‘rganish maqsadida Toshkent shahar hokimligi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilgan.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ayrim hollarda dizayn kod talablari, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va bajariladigan ishlar ketma-ketligi tadbirkorlarga o‘z vaqtida va yetarlicha tushunarli tarzda izohlanmagani aniqlangan. Mazkur e’tirozlar o‘rinli deb topilib, kelgusidagi ishlarda inobatga olinishi bildirilgan.
Bugungi kunga kelib 509 nafar tadbirkor bino fasadini yangilagan, yana 2 627 nafari ishlarni yakunlamoqda. Qolgan masalalar tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda individual tartibda ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, 18 ta reklama-ishlab chiqarish kompaniyasi mutaxassislarining malakasi oshirilgan. Bunda "Toshkent Invest", Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti ekspertlari ishtirok etgan.
“Vazifamiz shunchaki fasadlarni yagona talablarga moslashtirish emas, balki bu jarayonni tadbirkorlar uchun tushunarli va adolatli tashkil etishdir. Dizayn kod biznes uchun asossiz qiyinchiliklar yaratmasdan, poytaxtimiz qiyofasini yaxshilashi lozim”, - deya qayd etdi hokimlik.