Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya 1951 ta dronni urib tushirdi, Ukraina harbiy obyektlariga zarbalar berildi

© AP Photo / Michael ShtekelRossiya nanesla udari po obyektam voyennoy logistiki VSU
Rossiya nanesla udari po obyektam voyennoy logistiki VSU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukraina tomonining Davlat dumasi saylovlarida ovoz berishni buzishga qaratilgan urinishlari barbod bo‘ldi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari 19–20 sentabr kunlari Rossiya hududiga uchuvchisiz uchish apparatlari va raketalar bilan yopirib hujum qilishga va shu orqali Davlat dumasiga saylovlarni buzishga urindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Bir kecha-kunduzda Rossiya hududlari ustida 1951 ta dron va 8 ta “Flamingo” qanotli raketasi urib tushirildi. Yana bir raketa yo‘nalishdan og‘ib, kimsasiz hududga qulab tushdi. Moskva mintaqasi tomon yo‘naltirilgan “Flamingo” raketalarining barchasi havo hujumidan mudofaa vositalari bilan yo‘q qilindi.
Rossiya hududidagi fuqarolik obyektlariga qilingan hujumlarga javoban Kiyevdagi harbiy obyektlarga zarbalar kuchaytirilishi ma’lum qilindi.
20 sentabr kuni Ukraina portlari va harbiy ta’minotda foydalanilgan kemalarga uchuvchisiz uchadigan apparatlar bilan zarbalar berildi. Odessa portida aslaha ortilgan quruq yuk kemasi, Odessadan 38 km shimoldagi Petrovkada esa o‘q-dorilar ombori nishonga olindi.
21 sentabr tuni zarbalar davom etdi. Kiyev viloyatining Schastlivoe aholi punktidagi “BDU Logistic” logistika markazi va Boyarkadagi gaz taqsimlash stansiyasi nishonga olindi. Gaz stansiyasi Ukraina mudofaa sanoati korxonalarini gaz bilan ta’minlashda foydalanilgan.
Odessa portida quruq yuk kemasi, Izmail portida esa harbiy yuklarni tushirish va saqlashda foydalanilgan infratuzilma obyektlariga zarbalar berildi. Shuningdek, Odessa tomon harbiy yuk olib ketayotgan yana bir quruq yuk kemasi dengizda zarbaga uchradi.
Ucheniya korabelnix sil Kaspiyskoy flotilii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya UQK manfaatida foydalanilgan obyektlar va Odessa portiga zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0