https://oz.sputniknews.uz/20260920/russia-uqk-obektlar-zarba-60592283.html
Rossiya UQK manfaatida foydalanilgan obyektlar va Odessa portiga zarba berdi
Rossiya UQK manfaatida foydalanilgan obyektlar va Odessa portiga zarba berdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Odessa viloyatlarida UQK manfaatlarida foydalanilgan logistika obyektlari, ombor va Odessa portidagi kemani dronlar bilan nishonga oldi 20.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-20T15:20+0500
2026-09-20T15:20+0500
2026-09-20T15:21+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
kiyev
odessa
rossiya mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1c/21974009_267:617:2778:2029_1920x0_80_0_0_8eaa4fb5f08b32f06332ebb20ee68ecb.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari 20-sentabrga o‘tar kechasi Ukrainaning logistika markazlari, omborlari va port obyektlariga, shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlari manfaatlariga jalb qilingan kemalarga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan zarbalar berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.Kiyev viloyatining Boyarka aholi punktida Fire Point kompaniyasiga tegishli ombor zararlangan. Rossiya tomoni ma’lumotiga ko‘ra, u yerda uzoq masofali uchuvchisiz uchish apparatlari uchun butlovchi qismlar va start tezlatgichlari saqlangan.Odessa portida esa quruq yuk tashuvchi kema zararlangan. Rossiya tomoni uning Ukrainaga harbiy yuk yetkazib berganini bildirdi. Shuningdek, Odessa shimolida joylashgan "Novaya pochta" logistika markaziga zarba berilgan. Bayonotda ushbu obyekt harbiy yuklarni saqlash va taqsimlash uchun ishlatilgani aytilgan.Ukraina Harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, shu tunda mamlakat hududiga 138 ta turli tipdagi dron yo‘naltirilgan. Soat 08:00 holatiga ularning 101 tasi urib tushirilgan yoki radioelektron vositalar bilan bostirilgan. Zarba tushishi 17 ta nuqtada qayd etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260917/russiya-kyiv-zarba-60503043.html
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1c/21974009_319:224:2745:2043_1920x0_80_0_0_afc3d55b36ffacd457d5c361a06b17a0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, kiyev, odessa, rossiya mudofaa vazirligi
dunyo yangiliklari, dunyoda, kiyev, odessa, rossiya mudofaa vazirligi
Rossiya UQK manfaatida foydalanilgan obyektlar va Odessa portiga zarba berdi
15:20 20.09.2026 (yangilandi: 15:21 20.09.2026) Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Odessa viloyatlarida UQK manfaatlarida foydalanilgan logistika obyektlari, ombor va Odessa portidagi kemani dronlar bilan nishonga oldi
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari 20-sentabrga o‘tar kechasi Ukrainaning logistika markazlari, omborlari va port obyektlariga, shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlari manfaatlariga jalb qilingan kemalarga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan zarbalar berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
ma’lum qildi.
Kiyev viloyatining Boyarka aholi punktida Fire Point kompaniyasiga tegishli ombor zararlangan. Rossiya tomoni ma’lumotiga ko‘ra, u yerda uzoq masofali uchuvchisiz uchish apparatlari uchun butlovchi qismlar va start tezlatgichlari saqlangan.
Fire Point Ukrainada raketa va dronlar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya FP-5 "Flamingo" qanotli raketasini ishlab chiqaradi, shuningdek, FP-7 va FP-9 raketalari hamda raketalarga qarshi mudofaa tizimi ustida ishlamoqda.
Odessa portida esa quruq yuk tashuvchi kema zararlangan. Rossiya tomoni uning Ukrainaga harbiy yuk yetkazib berganini bildirdi. Shuningdek, Odessa shimolida joylashgan "Novaya pochta" logistika markaziga zarba berilgan. Bayonotda ushbu obyekt harbiy yuklarni saqlash va taqsimlash uchun ishlatilgani aytilgan.
Ukraina Harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, shu tunda mamlakat hududiga 138 ta turli tipdagi dron yo‘naltirilgan. Soat 08:00 holatiga ularning 101 tasi urib tushirilgan yoki radioelektron vositalar bilan bostirilgan. Zarba tushishi 17 ta nuqtada qayd etilgan.