https://oz.sputniknews.uz/20260921/rus-til-olimpiada-moscow-60612189.html
Rus tili olimpiadasi boshlandi: 25 nafar finalchi Moskvaga taklif qilinadi
Rus tili olimpiadasi boshlandi: 25 nafar finalchi Moskvaga taklif qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
MDH davlatlarining 7–9-sinf o‘quvchilari rus tili bo‘yicha xalqaro olimpiadaga taklif etildi. Ro‘yxatdan o‘tish 18-oktabrgacha davom etadi, 25 nafar finalchi Moskvaga boradi.
2026-09-21T13:49+0500
2026-09-21T13:49+0500
2026-09-21T13:49+0500
rus tili
rossiya
madaniyat
ta’lim
o‘quvchilar
maktab
moskva
mdh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/15/60611426_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_38f425fddc120a3d5263bea83882ad09.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Vladimir Dal tavalludining 225-yilligi va MDHning 35-yilligiga bag‘ishlangan rus tili bo‘yicha xalqaro olimpiada boshlandi. Unda MDH davlatlarining, jumladan, O‘zbekistonning 7–9-sinf o‘quvchilari qatnashishi mumkin. Bu haqda Rossiya Maorif vazirligi Xalqaro hamkorlik markazi xabar berdi.Olimpiada ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi. "Rus tili chet tili sifatida" yo‘nalishi rus tilini xorijiy til sifatida o‘rganayotgan o‘quvchilarga, "Rus tili — ta’lim tili" yo‘nalishi esa rus tili ona tili yoki asosiy ta’lim tili bo‘lgan maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan.O‘quvchilar Vladimir Dalning hayoti va ijodiga oid test topshiriqlarini bajaradi.Yakuniy bosqich 21–23 oktabr kunlari o‘tkaziladi. Unda har bir mamlakatda birinchi turda eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar ishtirok etadi. Finalchilar ijodiy esse yozadi.Olimpiada yakunlariga ko‘ra, 25 nafar finalchi 21–24 noyabr kunlari Moskvada o‘tkaziladigan madaniy-ta’lim dasturida ishtirok etish uchun taklif qilinadi. Taqdirlash marosimi 22-noyabr — Vladimir Dalning tug‘ilgan kunida bo‘lib o‘tadi.Tadbir rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida qo‘llab-quvvatlash, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash va o‘quvchilarning rus tilini o‘rganishga qiziqishini oshirishga qaratilgan.Olimpiadada ishtirok etish shartlari va ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan loyihaning rasmiy saytida tanishish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260715/samarkand-tashkent-oqituvchi-moscow-tanlov-golib-59040164.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/15/60611426_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_84cd92bf4c2f9036fae59235f05125ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rus tili, rossiya, madaniyat, ta’lim, o‘quvchilar, maktab, moskva, mdh
rus tili, rossiya, madaniyat, ta’lim, o‘quvchilar, maktab, moskva, mdh
Rus tili olimpiadasi boshlandi: 25 nafar finalchi Moskvaga taklif qilinadi
MDH mamlakatlarining, jumladan, O‘zbekistonning 7–9-sinf o‘quvchilari Vladimir Dal nomidagi rus tili bo‘yicha xalqaro olimpiadada qatnashishi mumkin.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Vladimir Dal tavalludining 225-yilligi va MDHning 35-yilligiga bag‘ishlangan rus tili bo‘yicha xalqaro olimpiada boshlandi. Unda MDH davlatlarining, jumladan, O‘zbekistonning 7–9-sinf o‘quvchilari qatnashishi mumkin. Bu haqda Rossiya Maorif vazirligi Xalqaro hamkorlik markazi xabar berdi.
Olimpiada ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi. "Rus tili chet tili sifatida" yo‘nalishi rus tilini xorijiy til sifatida o‘rganayotgan o‘quvchilarga, "Rus tili — ta’lim tili" yo‘nalishi esa rus tili ona tili yoki asosiy ta’lim tili bo‘lgan maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan.
Birinchi saralash bosqichida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 21-sentabrdan 18-oktabrgacha davom etadi.
O‘quvchilar Vladimir Dalning hayoti va ijodiga oid test topshiriqlarini bajaradi.
Yakuniy bosqich 21–23 oktabr kunlari o‘tkaziladi. Unda har bir mamlakatda birinchi turda eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar ishtirok etadi. Finalchilar ijodiy esse yozadi.
Olimpiada yakunlariga ko‘ra, 25 nafar finalchi 21–24 noyabr kunlari Moskvada o‘tkaziladigan madaniy-ta’lim dasturida ishtirok etish uchun taklif qilinadi. Taqdirlash marosimi 22-noyabr — Vladimir Dalning tug‘ilgan kunida bo‘lib o‘tadi.
"Olimpiada rus tili va madaniyatiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Shuningdek, u yosh avlodga Vladimir Dal merosi bilan yaqindan tanishish va rus tilining boyligini kashf etish imkonini beradi", — dedi Xalqaro hamkorlik markazi Ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Olesya Vech.
Tadbir rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida qo‘llab-quvvatlash, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash va o‘quvchilarning rus tilini o‘rganishga qiziqishini oshirishga qaratilgan.
Olimpiadada ishtirok etish shartlari va ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan loyihaning rasmiy
saytida tanishish mumkin.